Test sinovlari töliq yakunlandi
Test sinovlari töliq yakunlandi
#abituriyent
Bugun, 15-avgust kuni, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kiriş test sinovlari barça hududlarda töliq yakunlandi.
DTM bergan xabarga köra, jami abituriyentlarning 979 ming 436 nafaridan 958 ming 195 nafari (97.8%) test sinovlarida iştirok etgan.
Barça bilimli abituriyentlarga omad tilayman! Yakuniy javoblar 1 hafta içida eʼlon qilinadi.
Izoh: ayrimlarda «joriy yilda 1 mln 66 ming 925 nafar abituriyent hujjat topşirgani aytilgan edi-ku, bu yerda nega endi 979 ming deyilyapti» mazmunidagi savol tuğilişi mumkin. Gap şundaki, bu faqat testga kirişi kerak bölganlar soni. Qolgan 87 ming 489 nafar abituriyentlar esa faqat ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga hujjat topşirgan.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈


