Xushnudbek Xudoyberdiyevning blogerlar bilan uchrashuvi
Keça bölib ötgan uçraşuvdagi fikrlarimning videosini Komil Allamjonov özining Feysbukdagi sahifasiga joylaştiribdi. Sizlar bilan ham ulaşgim keldi. Bu yerdagi gaplar ertalab yozgan töqqizta xulosamning oğzaki körinişi xolos.
Nazorat qiluvçi organlar ham, jurnalist va blogerlar ham, fikr bildiruvçi oddiy muştariylar ham qonunlarni yaxşi bilib, ularga oğişmay amal qilsa, deyarli muammolarga duç kelmas edik.
P.S: bir narsani inobatga olişlaringizni iltimos qilaman, bu rasmiy tadbir emasdi va şunçaki döstona suhbatlaşdik. Şu sababli sözlarim orasida ayrim rusça iboralarni ham işlatib ketibman. Mendan avval 2 nafar rusiyzabon bloger döstlarimiz gapirgani ham beixtiyor taʼsir qilgan şekilli. Lekin özim şu joyiga xijolatdaman, uzr.
👉 @xushnudbek 👈


