Söz va matbuot erkinligini taʼminlaş böyiça yangi çoralar

Matn16-dekabr, 2019, 16:531 daqiqa0 koʻrish

Manba:Komil Allamjonov

Kuni keça Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlaşga qaratilgan qaror imzoladilar.
 
Hujjatda Agentligimiz zimmasiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Xususan:
 
- tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan normani bekor qiliş masalasi körib çiqiladi;
 
- sud tizimida şaffoflikni va jamoatçilik nazoratini yanada kuçaytiriş maqsadida jurnalistlar va fuqarolarning oçiq sud majlislarida iştirok etişi, sudlarning veb-saytlari va matbuot kotiblari işini yaxşi taşkil qiliş böyiça Oliy sud Plenumining qarori qabul qilinadi;
 
- hamon oğir ahvolda qolayotgan bosma naşrlar borasida — davlat organlari muassis bölgan bosma OAVlarini kuçaytiriş, tahririyat xodimlarining mehnatiga haq tölaşni yaxşilaş hamda bosma naşrlar veb-saytlarini rivojlantirişga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi işlab çiqiladi;
 
- «Teleradioeşittirişlar töğrisida»gi qonun işlab çiqiladi va «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunga özgartişlar kiritiladi. Şu jumladan, tele- va radiostansiyalarga litsenziya beriş jarayoni soddalaştiriladi hamda davlat organlari va mansabdor şaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qiliş tizimi kuçaytiriladi;
 
- Özbekistondagi barça davlat organlari faoliyatining oçiqligini, ularning OAV bilan aloqalarini kuçaytiriş böyiça çoralar işlab çiqamiz.
 
Uşbu qaror mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda söz va matbuot erkinligini taʼminlaş yölidagi, ularni yangi bosqiçga olib çiqadigan muhim va dadil qadam böladi. Bu asnoda Agentligimiz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajarilişi taʼminlanadi.

#rasmiybayonot
 
 

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalidan video

    05 daqiqa

  2. So‘rovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing