Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 133-örinni egalladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​Özbekiston matbuot erkinligi reytingida ilk marta 133-örinda qayd etildi

«Çegara bilmas muxbirlar» (Reporters Without Borders) taşkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur taşkilot 180 ta mamlakatni öz içiga olgan 2022-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi. Joriy yilda Özbekiston reytingda yaxşigina yuqorilagan va öz örnini 24 poğonaga yaxşilab, 133-örinni egallagan. Maʼlumot uçun, ötgan yili Özbekiston 157-örinda qayd etilgandi.

Qöşnilarimizda eng yaxşi natija Qirğizistonda (72-örin), undan keyin Qozoğiston (122) ham bizdan oldinda. Bizdan keyingi örinlarda Tojikiston (152), Afğoniston (156) va Turkmaniston (177) örin olgan.

Taşkilotning Özbekistonga bağişlangan sahifasida yaxşi özgarişlar bilan bir qatorda hali bartaraf etilişi kerak bölgan kamçiliklar va tanqidiy xulosalar ham bildirilgan.

Özbekistonning sönggi 10 yildagi örinlari:

2013 — 164-örin
2014 — 166-örin
2015 — 166-örin
2016 — 166-örin
2017 — 169-örin
2018 — 165-örin
2019 — 160-örin
2020 — 156-örin
2021 — 157-örin
2022 — 133-örin

2022-yilgi matbuot erkinligi reytingida kuçli öntalikni Norvegiya, Daniya, Şvetsiya, Estoniya, Finlyandiya, Irlandiya, Portugaliya, Kosta-Rika, Litva va Lixtenşteyn davlatlari egallagan. Eʼtiborli jihati uzoq yillar biz bilan birga SSSR tarkibida bölgan Estoniya va Litva davlatlari katta sakraşni amalga oşirib, dunyo böylab kuçli öntalikka kirişgan.

Eng oxirgi örinlarni esa Suriya, Iroq, Kuba, Vyetnam, Xitoy, Myanma, Turkmaniston, Eron, Eritreya va Şimoliy Koreya egallagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1042
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek