Umar ibn Abdulaziz va xazinaçi haqida ibratli voqea

Matn2-may, 2022, 12:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Vo Umaro!!!

Aytişlariça, Umar ibn Abdulazizning qizçalari bir kun huzurlariga yiğlab kirdi. Öşa paytda u yoşgina qizça bölib, u kun esa hayit kuni edi.

- Sizni nima yiğlatdi, - deb amirul-möminin söradilar.

Qizlari: "Hamma bolalar bugun yangi kiyimlar kiyişdi, men amirul-mömininning qizi böla turib, eski kiyimdaman", deya javob qildi.

Umar uning yiğisidan taʼsirlanib, Baytulmol xazinaçisi oldiga bordilar va unga: "Keyingi oygi maoşimni menga berib tura olasizmi", dedilar.

Xazinabon: "Nega, yo amiral-möminin", dedi.
Umar unga bölgan voqeani aytib berdilar.

Şunda xazinabon:
— Men qarşimasman, lekin bitta şartim bor.
— U qanday şart ekan?
— Menga keyingi oygaça tirik qolib, oldindan olmoqçi bölgan maoşingizni tölab bera olişingizga kafolat bering, - dedi xazinabon.

Umar uni qoldirib, uylariga qaytdilar. Farzandlari: "Otajon, nima böldi", deb söraşdi.

Umar dedilar: "Yo sabr qilasizlar va hammamiz barobar jannatga kiramiz, yoki sabr qilmaysizlar va otangiz dözaxga kiradi".
Şunda bolalari: "Sabr qilamiz, otajon", deya javob qilişdi.

Qaniydi bizda ham mana şu uçlik köpaysa edi: Umar, xazinaçi va Umarning bolalari...

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2635
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek