Hazrati Musoning jannatdagi qöşnisi haqida qissa

Matn17-sentabr, 2020, 11:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

HAZRATI MUSONING JANNATDAGI QÖŞNISI

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qöşni bölişini bildirişini sörab, yolvorar edi.

Bir kuni şunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yaşovçi qassob sening jannatdagi dösting böladi...

Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uçun bunga loyiq bölganini biliş niyatida yölga çiqdilar. Hazrati Muso öşa odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payğambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin özlarini körmagan edi. Şuning uçun tanimadi. Keçqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyişdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tuşirdi va undan harakat qilişga sira holi yöq bir qari kampirni çiqardi. Xuddi gödakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, içirdi va yana zambilga qöyib, devorga osdi. Şunda kampir nimalardir deb şivirladi.

Qari ayolning nima deyayotganini tuşunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan söradi:
— Öğlim, bu kampir kiming böladi?

Qassob musofirga:
— Bu ayol mening onam böladilar. Ötirib-turişga, ovqat yeyişga holi yöq. Şu bois özim yediraman, içiraman va tozaligiga qarayman. Qölimdan kelguniça huşnud etişga harakat qilaman.

Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday böldi, nimalar dedi?

Qassob:
— Ey Rabbim! Men öğlimdan xursandman. Sen ham undan rozi böl. Jannatda uni Hazrati Musoga qöşni qilgin deb duo etdi.

Şunda Muso, alayhissalom, özini tanitadigan vaqt kelganini tuşundilar va:
— Men Allohning payğambari Muso bölaman. Allohdan jannatdagi qöşnim kim bölişini bildirişini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xuşxabar bölsin. Onangga qilgan xizmating uçun Alloh sendan rozi böldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qöşni qildi, — deya marhamat qildilar.

Manba

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek