Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Amir va eçkisi öğirlangan kampir haqida hikoya

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

#ibratli_hikoya

Aytişlariça, Buxoroda bir yolğiz kampir yaşagan ekan. Bittagina eçkisini soğib, sutidan bir miqdorini içib, qolganini sotib kun keçirar ekan. Ittifoqo keçasi uxlab qolganda, şu eçkisini öğirlab ketişadi. Kampir arz qilmagan joy qolmaydi. Oxiri amir huzuriga boradi. Amir undan ne arz bilan kelganini söraydi.

Kampir nima bölganini aytadi.

— Iya, — deydi amir. — Eçkini qöriqlamay, dong qotib uxlagan ekansiz-da, ena!

Kampir javob qildi.

— Töğri, uxlagan edim, amir hazratlari. Lekin sizni uyğoq deb öylagandim. Qarang-a, siz ham uxlagan ekansiz-da!

Amir lol-u hayron bölib, boşi egiladi. Kampirning bir oğiz “siz ham uxlagan ekansiz-da”, degan gapi uning yurak-yuragiga borib yetadi. Şu birgina jumla amirga öz masʼuliyatini eslatib qöygan edi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 17
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek