Kogonda tuproq öpirilişi natijasida ikki kişi halok böldi
Matn17-noyabr, 2021, 10:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Kogonda tuproq öpirilişi natijasida ikki kişi halok böldi
Keça, 16-noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon şahrida tuproq öpirilişi natijasida ikki kişi halok böldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Hodisa soat 14:50da «Döstlik» MFY Döstlik köçasida «61-Avtokorxona» MÇJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqiziş işlari olib borilayotgan vaqtda sodir bölgan.
Böyi 5−6 metr, eni 3 metr oraliğida kavlangan çuqurlikda 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda çuqurning bir tomoni öpirilib tuşgan.
Natijada ikki nafar işçini tuproq va qum bosib qolgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


