Buxorodagi qurilishi tugallanmagan binoda gaz portladi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan

Buxoro şahridagi qurilişi tugallanmagan uylardan birida gaz portladi. Vafot etganlar yöq
Bugun, 4-fevral kuni soat 17:50-da Buxoro şahri Islom Karimov köçasida qurilişi tugallanmagan 8 qavatli binoda gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir böldi, deya xabar bermoqda FVV.
Olingan maʼlumotlarga köra, portlaş oqibatda ön ikki nafar işçilarga yengil tan jarohati yetgan. Jabrlanganlar şahar kasalxonasiga joylaştirildi. Bir kişining ahvoli oğir.
Hozirgi vaqtga kelib halok bölganlar yöqligi maʼlum böldi.
Bino "White Group Trading" MÇJ tomonidan (rahbari Karomatov Jamşid Jaloloviç) 2019-yilda aholi tomonidan qabul qilingan buyurtma orqali qurilişi boşlangan. Quriliş uçun davlat tomonidan kredit moliyalaştirilmagan.
Çaqnaş sabablari: gaz payvandlaş işlari 3 oy oldin boşlangan. 4-fevral kuni montaj töliq tugatilib, sinovdan ötkazilgan. Sinovdan ötkaziş vaqtida çaqnaş sodir bölgan xonadonda gaz quvurining tösgiçi (zagluşka) bölmaganligi sababli sizib çiqqan gaz havo bilan aralaşib, çaqnaş sodir bölgan.
👉 @xushnudbek 👈






