Qirğiz deputati Boş vazirga 5600 somga yaşaş haqida savol berdi

Matn4-fevral, 2021, 12:402 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​5600 somga yaşasa böladimi? Qirğiz deputati Boş vazirga savol berdi

Keça, 3-fevral kuni Qirğiziston Parlamentida Boş vazir lavozimiga taklif qilingan nomzod Uluğbek Maripov deputatlar oldida öz dasturini himoya qildi. Deputatlar nomzodga dasturi yuzasidan savollar berişdi.

Masalan, deputat Doston Bekeşev hamda Boş vazirlikka nomzod Uluğbek Maripov örtasida şunday suhbat bölgan (videosi pastda):

— Uluğbek Asomiddinoviç, 5600 somga (qirğiz somi nazarda tutilgan, özimizning pulga 700 ming söm atrofida) yaşab köra olasizmi?

— Doston Dalibayeviç, 5600 somga ham yaşasa böladi, lekin juda qiyin. Nima haqida sörayotganingizni tuşundim, gap yaşaş minimumi haqida ketyapti.

— Unda nega biz xalqni aldayapmiz? Hukumat qarorida mana şu yaşaş minimum miqdorni belgilab, xuddiki şu pulga yaşasa böladi deyapsiz-da.

— Bu miqdor noilojlikdan kiritilgandi, biz qayta körib çiqamiz.

— Bizda aniq muammolar turganda, strukturalarni almaştiriş, ikkinçi referendum ötkaziş kabilar bilan yuribmiz. Faqat siyosat bilan şuğullanyapmiz xolos. Narx-navo oşib ketyapti, lekin oyliklar oşmayapti. Biz faqat şifokor va öqituvçilarni gapiramiz, lekin boşqa ijtimoiy soha vakillari ham bor-ku, masalan, öt öçiruvçilar, poçtalyonlar va h.k. Ularning oyliklari qaçon oşadi? Qaçon pensiyalar, nafaqalar oşadi?

— Qaçonki, birgalikda tösiqlarni olib taşlab, örta va kiçik biznesni qöllab, eksport hajmini oşirib, importni kamaytira olsak kötaramiz.

— Tösqinlikni kim qilyapti, aytsangizçi?

— Tösqinlikni boya ham aytdim, tegişli...

— Huquqni muhofaza qiluvçi organlar, töğrimi?

— Töğri.

Eslatib ötaman, Qirğiziston Jogorku Keneş deputati Doston Bekeşev yanvar oyida deputatlar, Boş vazir hamda Prezidentning oylik iş haqini yaşaş minimumi darajasiga tuşiriş haqidagi qonun loyihasini taklif qilgan edi.

«Bu adolatdan böladi. Agar Hukumat şu pulga yaşab böladi deb tasdiqlagan bölsa, unda marhamat, rahbarlar va byudjetni tasdiqlaşga masʼul deputatlarning özi ham şu oylikni olsin», degan edi deputat. Lekin bu qonun loyihasi Parlament tomonidan rad etilgan, ayrim deputatlar esa Doston Bekeşevni populizmda ayblagandi.

Qirğizistondagi uşbu deputatni kimga öxşatdiz? Siz ham darrov Rasul Kuşerbayevni esladingizmi? 😀

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek