Uyi buzilgan kampir va Amr ibn Oss masjidi tarixi
UYI BUZILGAN KAMPIR VA HOKIM
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning xalifalik davrida Misr fath böldi. Misrning voliysi Amr ibn Oss roziyallohu anhu öz nomiga atab masjid qurdirmoqçi böldi. Bu qurilişga tanlangan joyga qöşni bölgan ayolning uyi masjidning töğri saviyada çiqişiga tösqinlik qilar edi. Qibtiy kampirga pul taklif qilişdi, u sotişdan boş tortdi. Urfdan köra ança qimmat mablağ berişib, kampir rozi bölmasada uyini buzişdi va masjidni körkam şaklda qurib bitkazişdi.
Misrning tub aholisidan bölgan qibtiy rohiblar kampirga maslahat berişdi. Madinaga borib musulmonlarning xalifasiga şikoyat qilişini aytişdi va yöl uçun xarajatlar, hamda bir hamrohni qöşib berişdi...
Ayol Madinaga kelganida xalifaning qasri qayerda ekanini söradi. Musulmonlar Umarning uyini körsatişdi. Umar bir soyada yerga uzala tuşib uxlab yotardi. Qibtiy ayol hayratdan yoqa uşladi:
- Nahotki Arab jazirasini, Misrni, Şomni, Fors davlatlarini idora qilayotgan zot mana şu yamoq kiyimli kişi bölsa?! Nahotki, axir buning ostida töşagi ham, boşida yostiği ham yöq-ku!? - dedi u öziga özi.
Umar şarpaning ovozidan uyğondi. Qarşisida bir xodim bilan turgan musofir ayolni körib:
- Nima uçun kelding, menga nima xizmating bor?! - dedi.
- Şikoyatim bor, ey musulmonlarning xalifasi! - dedi ayol.
- Nima şikoyat?
- Misrga taʼyinlaganing voliy Amr ibn Oss uyimni tortib oldi va örniga masjid qurdi. Men uyimni sotmoqçi emasdim! - dedi.
Umarning yuzi ğazabdan qizarib ketdi. Sal nariroqda turgan bir suyakni olib unga şunday deb yozdi:
- Allohning quli Umar ibn Xattobdan uning Misrga taʼyinlagan xodimi Amr ibn Ossga! Hidoyatga ergaşganlarga salom bölsin!.. Ammo baʼd: Umar Anuşervondan köra adolatliroq, ey Amr!... Vassalom!
Uşbu suyakni ayolga berib:
- Buni Amr ibn Ossga ber! - dedi.
Ayol şunça yöl yurib, şu ikki oğiz gapni olgani keldimmi, deya ranjigandek böldi. U suyakni taşlab, tarvuzi qöltiğidan tuşgan holda yurtiga qaytdi. Uni gij-gijlagan rohiblarni ham kela solib malomat qildi:
- Meni ovora qildinglar! Musulmon musulmonni tarafini oladi-da baribir, biz ğayridinlarning dardiga kim ham quloq osardi?! – dedi xörsinib.
Lekin u bilan birga borgan xodim suyakni özi bilan olgan edi. Uni rohiblarga tuqazdi va:
- Umar şuni Amr ibn Ossga berişimizni aytdi, - dedi.
Juma kuni Amr ibn Oss roziyallohu anhu masjidga kirayotganida rohiblardan biri suyak parçasini kötargan holda baland ovoz bilan:
- Ey Amr! Bu maktubni senga Umar yuboribdi! – deya baqira boşladi. Xizmatçilar suyakni olib Amrga tutqazişdi. Tik turgan joyida maktubni öqigan Amr ibn Oss roziyallohu anhuning yuzi oqarib, özi holsizlanib qoldi
- Umar Anuşervondan* köra adolatliroq, ey Amr! – degan jumladan Umarning nimani nazarda tutayotganini ziyrak Amr ibn Oss juda yaxşi tuşungan edi...
Amr ibn Oss roziyallohu anhu farmonga itoat qilib ayoldan olingan yer örnidagi masjid binosini buzib, ayolga öz uyini qaytadan qurdirib berdi. Natijada masjid binosi kemtik bölib qoldi...
Keyinroq murosa yöli ila bino töğrilangan. Bu Amr ibn Oss roziyallohu anhuning nomlari qöyilgan Misrdagi masjid tarixi edi.
* * *
* Anuşervon özi uçun qasr qurdirmoqçi böldi. Loyihaga köra tanlangan yerga qurulişi kerak bölgan qasr risoladagidek çiqişi uçun yer maydonining bir burçagidagi körimsiz hovli xalaqit berar edi. Hovli keksa bir kampirga tegişli bölib, undan istagan miqdorida mablağ evaziga uyini sotişni söraşdi. U taklifni qabul qilmadi. Kelgan vakillarga:
- Men hovlimni heç qaçon sotmayman. Anuşervon qasr qurmoqçi bölsa boşqa yerga qursin! - dedi.
Vakillar Anuşervonga kampirning sözlarini yetkazişganida, u ikkilanmasdan:
- Mayli, hovlisi özida qolaversin. Bino qinğir çiqsa ham öşa yerga qurişni davom ettiraveringlar! - dedi.
Quriliş nihoyasiga yetdi ammo kampirning uyi ham öz joyida qolgani sababli qasrning körinişi xunuk bölib qoldi.
Buni körganlar binoning şu joyi tekis bölganida çiroyli çiqar edi, deyişsa, Anuşervon:
- Ana şu xunukligi bilan yana-da çiroyli turibdi, - derdi u, hodisadagi özining adolatiga işora qilib...
Bu voqea tillarda doston edi.
Suratda: Qohiradagi Amr ibn al-Oss masjidi
Feysbukdan olindi
👉 @xushnudbek 👈

