Tonirovka narxlari va tartibi böyiça masʼullarga murojaat

Matn27-iyul, 2019, 12:223 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Masʼullarga murojaat!

Tonirovka haqida hali rasmiy qaror çiqmagan ekan, demak, bizning fikrimizni ham tinglab köriş imkoniyatingiz bor. Çunki qabul qilmoqçi bölgan qaroringizni vaqt tiğizligi nuqtai nazaridan baribir umumxalq muhokamasiga qöymasligingiz aniq. Biz ham muhokamaga qöyib, yana vaqt çözilişini istamaymiz, özi şundoq ham jazirama kunlarning köpi ketib ozi qoldi.

Quyidagi fikrlarni tonirovka haqidagi keçagi postimga qoldirilgan 120 dan ortiq izohlarning umumlaşmasi deb qabul qiling.

Birinçidan, ijtimoiy tarmoqlarda rezonans keltirib çiqarayotgan mavzularda Hukumat qarorlariga özgariş kiritilayotganini qadrlaymiz. Bizni eşitayotganingiz uçun rahmat aytamiz. Töğri, hozirça bunaqa reaksiya propiska, snos kabi oğriqli mavzularda kuzatilmayapti. Ammo şunisiga ham şukr, har holda yöqdan köra yaxşi.

Ikkinçidan, avvalo özingiz uçun aniqlab oling, tonirovkaga ruxsat berişdan maqsad xalqqa yengillik berişmi yoki xalqning hisobidan pul işlaş? Bu eng muhim masala.

Agar maqsad şunçaki xalqdan pul işlaş bölsa, unda narxni sal insof bilan belgilanglar.

Agar maqsad xalqqa yengillik yaratiş bölsa, unda tonirovkani tekin qiliş kerak. Quyoşdan saqlaniş – bu dabdaba emas, bu hayotiy ehtiyoj. Öşa hayotiy ehtiyojni xalq pulga sotib olmasligi kerak.

Maşina öziniki, oyna öziniki, quyoş nuri tabiatniki, nega buning uçun Hukumatga 2-3 mln söm tölaş kerak?

Uçinçidan, töğri, hozir tekin qilişni söraş deyarli befoyda, baribir xalq uçun bepul qilmaysiz (balki keyinroq bölar, lekin hozir bölmasligi deyarli aniq). Unda keling, narx haqida gaplaşamiz.

Islohotlar islohot uçun emas, avvalo xalq manfaati uçun bölişi kerak. Jamoatçilikni tinçitiş uçun nomiga özgariş qiliş kerakmas.

Xalq tonirovka narxi qimmatligidan norozi edi. 18 mln söm juda qimmat. Ammo siz taklif qilayotgan 2-3 mln söm ham arzon emas (sörovnomaga qarang).

Ha, töğri, uşbu özgariş kiritilsa gazetalar, TV, radiolar «xalqqa yengillik beriş maqsadida tonirovka narxi 9 barobarga arzonlaşdi, bu esa mamlakatimizda olib borilayotgan (uyoğini özingiz davom ettiring)... » degan gaplar bilan töladi.

Ammo statistika böyiça örtaça oyligi 1,5 mln söm bölgan aholiga 1 yil uçun 2-3 mln söm belgilaş ham notöğri. Köpçilikda bu narxga tonirovka örnatiş imkoniyati bor, bu ham rost. Ammo bu tabaqalanişni butunlay yöqotmaydi. Ijaraga maşina haydab, har kuni köçada kirakaşlik qiladigan oddiy aholi uçun bu tölov imkonsiz, ular yana jaziramada qovrilişda davom etaveradi.

Törtinçidan, şu summani 2-3 mln söm emas, 400-500 ming söm qilib qöysangiz, Sizdan nima ketadi, aytingçi? Hukumat nima yöqotadi? Axir tonirovka uçun Hukumat heç qanaqa xarajat qilmayapti-ku.

Havodan pul qilyapsizlar, şu foydani insof bilan qilsa bölmaydimi? Boz ustiga tonirovkadan tuşgan pullar davlat byudjetiga emas, IIVning özini jamğarmasiga tuşadi-ku. Sal mantiqni işlatinglar, iltimos.

Beşinçidan, agar baribir şu narxda qolmoqçi bölsangiz, unda 2 ta taklif bor:

1) belgilangan summani oyma-oy bölib tölaş imkoniyatini beriş kerak;
2) kimdadir tonirovkaga asosan aprel-sentabr oylarida ehtiyoj böladi. Şu sababli 6 oylik tarif ham qöşiş kerak. Bu taklif etilayotgan narxni 2 baravarga arzonlaştiradi.

Oltinçidan, qabul qilinayotgan qarorda orqa eşiklarga parda masalasiga oid nizoga ham yeçim beriladimi? Parda örnatiş tekin, boz ustiga qulay. Istalgan payti kötarib, istalgan payti tuşiriş mumkin, tonirovkada unaqamas. Şu sababli parda masalasiga ham uzil-kesil yeçim kerak.

Bir narsani unutmang, biz parda masalasida Hukumatdan ortiqça narsa talab qilmayapmiz, şunçaki qonunlarda belgilangan ruxsatni mardlarça tan olişlarini sörayapmiz xolos. «Şum bola» filmida aytadiku, “Halol işlab topgan haqqini sörayapti, boy” deb.

P.S.: bu gaplarni xalqning fikridan olib aytyapman, özim töqimadim. Istasangiz, mana bu yerga kirib özingiz izohlarni öqib köring.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so‘rovnoma

    01 daqiqa

  2. Tonirovka narxlari arzonlaşişi kutilmoqda

    01 daqiqa

Yana oʻqing