Obod qişloq va Obod mahalla dasturlaridagi muammolar

Matn27-iyul, 2019, 09:582 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

“Obod qişloq”, “Obod tuman” va “Obod markaz” kabi dasturlar fuqarolar turmuş darajasini yaxşilaşga emas, ularning besaranjomligini oşirişga sabab bölmoqda.

Ilgari zamonda qaysidir yilga qaysidir sohaning nomi beriladigan bölsa öşa soha vakillari yurak hovuçlab qolişardi.

Hozir esa qaysi tuman, qaysi qişloq nomi Obod bilan boşlanadigan dasturga tuşsa, öşa manzildagi fuqaro va tadbirkorlarning halovati yöqolgan.

Bu dasturlar quyi böğinlardagi rahbarlarning yuqoridagilarga özining sadoqati va labbayçi-ijroçiligini körsatiş vositasi böliş bilan birga, mablağlarni samarasiz işlatiş orqali özlaştiriş usuliga aylanib böldi (qator rahbarlarning özlari boş bölgan hududni zör berib dasturga tiqişga urinişlar ortida faqat ularning manfaatlari yotadi).

Davlatning roli elektr, gaz, içimlik suvi va yöl bilan boğliq infratuzilma yaratişda bölişi kerak, deb köp aytamiz. Amalda nima bölayapti, amalda infratuzilma emas, buziliş va fasad yaratilayapti. Nega buziliş? Çunki buziş işlari iş ketayotganligini körsatadi, yuqoridagilarning nima qilayapsan, degan savoliga buzilgan uy va buldozer kartina yasaydi, tasavvur uyğotadi. Nega fasad, çunki fasad göyo iş qilinganini, mablağ özlaştirilganini yuqoriga namoyiş etadi.

Yana bir jihat, byudjetdan dastur uçun masalan 10 mlrd. ajratilgan bölsa, bu odatda hokimlarga afillangan pudratçilar vositasida talon-taroj qilinadi. Çala-çulpa iş yuklamasa esa öşa manzildagi tadbirkorlar, budjet taşkilotlari xodimlari va albatta aholi zimmasiga taqsimlanadi.

Heç qanday inventarizatsiya, heç qanday reviziya yöq. Qaysi iş budjet mablağiga, qaysi iş tadbirkor va fuqaro mablağiga bölganini dasturdan keyin söraydigan odamning özi yöq.

Uşbu post oxirida odamlarni majburlab yaxşi yaşaşga undaş mumkin emasligi haqida qisqa töxtalmoqçimiz. Turmuş darajasi oşsa, farovonligi yuksalsa, har bir individ uyining tominiyam, darvozasiniyam, devoriniyam özi taʼmirlaydi. Tadbirkor moliyaviy imkoniyatiga qarab bir qavatli dökonini ikki qavatli qiladi, yangi vitrina qöyadi, fasadini yangilaydi. Buning uçun majburlaş, zöravonlik şart emas. Obodlik majburiyat emas, obodlik zaruriyat, lekin obodlikka zaruriyat qorin töyib, ust but bölgaç, ixtiyoriy ravişda kelgani yaxşi. Şoşma-şoşarlik, közböyamaçilikdan qoçiş lozim.

Albatta, bularning barçasi IMHO.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek