Tonirovka narxi arzonlaşiş örniga oşdi
Xushnudbek.uzFoto2 daqiqa0tahrirlangan
Xotiramiz qisqa
Roppa-rosa 1 yil oldin Içki işlar vazirligi deputat Doniyor Ğaniyev söroviga tonirovka narxini arzonlaştiriş böyiça qaror loyihasi işlab çiqilgan, deb javob bergandi.
Oradan 1 yil ötdi. Nima böldi, deb öylaysizlar?
JAVOB: Heç narsa!
Aksinça, şu 1 yil içida bazaviy stavka oşişi natijasida tonirovka narxi ham oşdi.
Masalan, 1 yil oldin va hozir tonirovka narxlari:
1️⃣ faqat orqa yon oynalar uçun —
ötgan yili 1 mln 225 ming söm
hozir 1 mln 500 ming söm (+275 ming söm)
2️⃣ old va orqa yon oynalar uçun —
ötgan yili 12 mln 250 ming söm
hozir 15 mln söm (+2 mln 750 ming söm).
Ha, töğri, ötgan yili 15-sentabrdan boşlab tonirovka uçun elektron ariza yuborilsa, atigi 10% çegirma beriş tartibi kuçga kirdi. Lekin undan sal oldin, 1-sentabr kuni tonirovkaning narxi ham 10%ga oşgan edi. Yaʼni avval 10% narx oşirilib, keyin 10% çegirma berilgandi.
Agar şuni "mana, tonirovka narxini arzonlaştirdikku" deyişmoqçi bölişsa, unda bilmadim, masʼullarga şunçaki qoyil.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2637
