Diniy taʼlim muassasalariga qabul tartibi eʼlon qilindi
Diniy taʼlim muassasalari uçun qabul sanasi va talab etiladigan hujjatlar röyxati eʼlon qilindi
#abituriyent
Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va örta maxsus diniy taʼlim muassasalariga 2022-2023 öquv yili uçun abituriyentlarning hujjatlari oflayn şaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi.
Örta maxsus islom taʼlim muassasalarida:
2022-yil 20-iyundan 10-iyulgaça (şu kuni ham soat 18:00-gaça).
Talab qilinadigan hujjatlar:
– taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli körsatiladi);
– maʼlumoti töğrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uç oyda olingan va orqa foni oq rangda bölişi kerak);
– çet tili bilişi töğrisidagi sertifikat (maʼlumoti töğrisidagi hujjatda körsatilgan çet tilidan boşqa xorijiy til böyiça test topşiruvçilar uçun) asl nusxasi.
Oliy diniy taʼlim muassasalarida:
Toşkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi böyiça:
2022-yil 20-iyundan 20-iyulgaça (şu kuni ham soat 18:00-gaça).
Hadis ilmi maktabida:
2022-yil 20-iyundan 10-iyulgaça (şu kuni ham soat 18:00-gaça).
Talab qilinadigan hujjatlar:
– taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli körsatiladi);
– örta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani töğrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (sönggi uç oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bölişi talab etiladi);
– “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-örinni egallagan iştirokçilar uçun).
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 708

