Ruslanbek Davletov uy-joylar buzilişini vahşiylik deb atadi
«Axir bu vaxşiylikku!»
Ayni damda Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi bölib ötmoqda.
Majlisda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bölgan joylarda uy-joylar buzilişlariga eʼtiborni qaratdi. Bu masalani har bir adliya organi xodimi alohida ustuvor vazifa sifatida öziga belgilab olişi zarurligi taʼkidlandi.
Adliya vazirining sözlariga köra, Adliya tizimi bu muammoning kölami bugungi kundagidey bölişidan 3 oy oldin öz tahlillarini va çoralarini boşlagan edi. Xususan, 2019-yilning may-iyun oylarida köçmas mulk huquqini himoya qiliş böyiça aksiyasi ötkazildi. Aksiya doirasida murojaatlarni körib çiqişda 874 ta qonunbuziliş holatlari aniqlandi.
Natijada mulkdorlarning manfaatlarida 236 ta taqdimnoma, 100 ta ogohnoma, sudlarga 360 ta daʼvo arizalar kiritilib, 30,3 mlrd söm undirib berildi. Bu natijalar albatta xamir uçidan patir yoki dengizdan bir tomçidek gap.
Ruslanbek Davletov «Mulk dahlsizligini taʼminlamasdan iqtisodiy rivojlangan davlatning özi yöq butun dunyoda. Bu esa bizning qonunlarimizda bitilgan eng oliy normalardar biridir va barça munosabatlar tölaligiça tartibga solingan. Lekin amalda, uşbu tartib va qoidalar mutasaddilarning esidan çiqib ketdi. Natijada, uy-joy masalasida qonun ustuvorligiga jiddiy putur yetdi.
Bu nima degan gap? Odamlarni uyini buzib, köçaga çiqarib qöyib kompensatsiya tölanmaslik, axir bu vaxşiylikku. Bu heç qanday qonunçilikka töğri kelmaydi, bu heç bir odamiylik tamoyiliga ham töğri kelmaydi, bu Özbekiston tan olgan xalqaro hujjatlarga ham töğri kelmaydi!» deya öz fikrlarini bildirdi. Hamda amaldagi holatlar böyiça sözini quyidagiça davom ettirdi:
«Hamma şaharlar yangidan quriladi, eskisi buziladi, obodonlaşadi, bu tabiiy jarayon, barça jamiyatlarga xos bölgan holat. Lekin, XXI-asrda yaşayotgan tsivilizatsion jamiyat sifatida barça harakatlar uçun QONUN eng asosiy mezon bölişi kerak, odamlar huquqlarini poymol qiliş evaziga, qonunni buziş evaziga heç qanday quriliş yoki obodonlaştiriş bölişi mumkin emas...
...Keyin yana bitta jihatni eʼtiborga olinglar, gap faqat moddiy boylik bölmiş imoratda emas, uy-joy bilan insonlarning şu uy bilan boğliq xotiralari ham öçiriladi. Tuğilib ösgan joy, yoşlikda öynab kulib yurgan hovli, bolalikdagi xotiralar, kerak bölsa har bir xonadonning hidi inson uçun qadrli, köp uylar avloddan avlodga ötib kelyapti, bu yuksak şaxsiy nomoddiy boylik va inson hayotidagi ajralmas xotiralardir»
Amaliyotdagi muammolardan, bildirilgan fikr mulohazalardan kelib çiqib Adliya vaziri adliya organlari xodimlari oldida turgan muhim vazifalar alohida töxtalib, quyidagilarni bildirdi:
– barça mahalliy hokimliklarni fuqarolarni uy-joy bilan boğliq qonuniy huquqlarini poymol etişlarga çek qöyişlarini talab qilamiz;
– butun adliya tizimi rahbarlari, mutasaddilari va xodimlarini öz vakolatlaridan töliq foydalangan holda, uy-joylar buzilişi jarayonida Özbekiston qonunlariga amal qiliş yuzasidan çoralar körişlariga çaqiraman.
Majlis davom etmoqda.
Adliya vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

