Urgançda uylari buzilgan aholi kompensatsiya talab qilmoqda
2019-yil may-iyun oylarida Urganç şahri Aşxobod köçasidagi yerlar davlat ehtiyoji uçun olib qöyilgan va hozirda 400ga yaqin xonadonda yaşovçi aholining uy-joylari buzib olinib, Urganç tumani Çondirqiyot qişloğidan yer ajratib berilgan va töliq köçirib yuborilgan.
Biroq, xonadon egalarining baʼzilariga kompensatsiya puli qisman bölsa-da berilmadi.
26-iyul kuni Çondirqiyot qişloği hududiga köçirib yuborilgan va dalada palatka va çartak (kapa) qurib yaşayotgan, ammo 1-2 oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholining sabr kosasi tölgan.
Mojaro yuzaga kelgan joyga viloyat hokimi yetib kelgan va muammolarni qisqa fursatda bartaraf etişga vaʼda bergan. Şundan söng aholi tinçlanib, tarqalgan. Hozirda uşbu holat böyiça maxsus işçi guruhi tuzilgan.
Umid qilamizki, Xorazm viloyati hokimligi muammolarni bartaraf qiliş böyiça berilgan barça vaʼdalarni bajaradi va odamlarni rozi qiladi.
Foto va matn: Kun.uz
👉 @xushnudbek 👈
