Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi yakunlandi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0









Şavkat Mirziyoyevning Xorazmga taşrifi xronikasi:
➖ Xonqadagi innovatsion issiqxonani borib kördi. Bunday texnologiyaga ega issiqxonalar dunyoda 200 gektar atrofida. Şuning 7 gektari Özbekistonda;
➖ Yangiariqdagi “Yantex Invest” MÇJ faoliyati bilan tanişdi. MÇJ yiliga 12 mln pogono metr gazlama va 600 ming komplekt çoyşab işlab çiqariş, 6 mln dollarlik eksport qiliş salohiyatiga ega;
➖ Urgançdagi texnoparkda böldi. Töliq işga tuşgaç, yiliga 87 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarilişi, 5,8 mln dollarlik eksport qilinişi möljallangan;
➖ Urgançdagi “UzXCMG” qöşma korxonasida böldi. Bu yerga Xitoydan 4,3 mln dollarlik yiğuv liniyasi va uskunalar olib kelingan;
➖ Urgançda Xorazm faollari va tarmoqlar mutasaddilari iştirokidagi yiğilişda qatnaşdi;
➖ Urgançning Xonqa köçasida qurilayotgan köp qavatli uylarni borib kördi. Bu yerda har biri 54 kvartirali 4ta 9 qavatli turar joy qurilmoqda.
Şu bilan Prezidentning Xorazm viloyatiga taşrifi yakunlandi.






