Isfandiyor Haydarovning shaxsiy ko'rgazmasi ochildi

Albom12-dekabr, 2020, 20:552 daqiqa0 koʻrish

Bugun “AUTOGRAPH» badiiy galereyasida taniqli va mahoratli rassom Isfandiyor Haydarovning “Ona zaminning ranglar bilan uyğunligi” nomli şaxsiy körgazmasiga bordim. Rostini aytsam, mazza qildim. Surati "Luvr" muzeyidan joy olgan hamyurtimizning işlari odamga çindan maroqli madaniy hordiq berar ekan.

Körgazma “Artel” kompaniyasi taşabbusi va NNT Xalqaro press-klub bilan hamkorlikda taşkil etilgan va 20-dekabrga qadar davom etadi.

Aytgança, bu körgazma bejiz bölgani yöq. Biroz muddat avval Isfandiyor Haydarovning uysiz qiynalib yurgani haqida xabarlar çiqqandi. Şundan söng saxovatpeşa insonlarning kömagi bilan rassomga yordam qöli çözildi. Bugungi körgazmaning oçiliş marosimida unga homiylar hisobidan 2 xonali uyning kaliti topşirildi.

Iqtidorlarni qadrlaydigan metsenatlar köpaygani yaxşi. Şunda yurtimizda iqtidorlilar ham köpayadi, ijod rivojlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek