16-fevral voqealari va mahalla masjidi haqida xotiralar
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganYana 16-fevral haqida
Aytgança, 16-fevral bilan boğliq yana bir xotiram bor ekan, öylab qarasam. Çiroqçidagi mahallamizda adaşmasam 1996-yilda mahalladoşlarimiz haşar yöli bilan kiçkinagina masjid qurişni boşlagandik. Biz bolakaylar ham şu qurilişda iştirok etganmiz (masalan, ğişt taşiganimizni aniq eslayman). Masjid işga tuşib, mahalladagi aksariyat bolalarning har kuni şu masjidda ötadigan böldi. Töğri, peşinda bora olmasdik, ammo keçki payt masjidda bölişga harakat qilardik. Masjidning röparasida ötloq bor edi, öşa yerda futbol öynardik, azon aytilganda masjidga yugurardik. Toşkentdagi Islom oliygohida öqib kelgan mahalladoşimiz arab tilidan dars berardi. Mukammal bölmasa ham, arabça öqiş va yozişga tilimiz va qölimiz biroz kelişib qolgandi.
Ayniqsa bolalarning axloqida, tarbiyasida ança özgarişlar bölgandi. "Köça bezori" örtoqlarimiz ham odobga kirib qolgandi. Şomdan xuftongaça masjid içida hadis aytiş öynardik, kimni xotirasi kuçliligini isbotlaşga harakat qilardik. Bolalar orasida navbatçilik ham bor edi. Tahoratga suv tayyorlaş, masjidni yiğiştiriş, tomorqaga qaraş va boşqa yengil işlarni navbati bilan bölib olgandik.
16-fevral voqealaridan keyin bolalarning masjidga borişini taqiqlab qöyişdi. Şu böyi bolalar mahallamizdagi masjidga kirmay qöydi. Bu uzoq yillar davom etdi. Mahallamizdagi masjid bizga begonadek bölib qoldi, har kuni maktabga borişda yonidan ötib-qaytganda xuddi masjid emas, oddiy bir dökondek qabul qiladigan bölib ketdik. Öşa masjid hozir ham bor. Töğri, hovlisi ança kiçraygan, uy va dökon qurib yuborişibdi masjid hovlisida. Hozir bolalar bemalol masjidga kira olişyapti, özi ixtiyor etsa ibodatini qilişmoqda.
Şunaqa gaplar. 16-fevral şunçaki sana, 4 ta binoning oddiy portlaşi emasdi. Garçi öşa kungi qattiq gumburlaş ovozini faqat Toşkentdagilar eşitgan bölsa ham, ammo uning tölqinini butun Özbekiston tanasida his qilgan edi.
Uşbu kun haqida Muhrim va Madina Musayeva ham yaxşi postlar yozdi.
👉 @xushnudbek 👈


