16-fevral voqealariga 22 yil töldi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlangan16-fevral voqealariga 22 yil böldi!
Öşa kunni yaxşi eslayman, 5-sinfda öqirdim. Maktabdan qaytib kelib, televizorda «Şaytanat» serialini körib ötirgandim. Birdan serialni örtasidan uzişgan. Va ekranda diktor paydo bölib, Toşkentda bir neçta joyda portlaş bölgani, lekin vahima qilişga asos yöqligi, hammasi nazoratga olinganini aytgan. Va yana serial kelgan joyidan davom etgan (Elçin bilan Zelixonning qamoqxonadagi suhbati edi, adaşmasam).
Töğri, portlaş asoratlarini töliq tuşunadigan aqlim bölmasa ham (10 yoş edim), juda bir ğalati bölib ketganman. Yuraklar duk-duk urib, xavotirga tuşib qolganman.
Yodingizda bölsa, öşandan keyin 1-2 oy faqat şu mavzu kun tartibida bölgan. TVda kimlar qidiruvga berilganiyu kimlar qölga olingani haqida maʼlumotlar berib borilgandi. Jinoyatçilarni qidiriş va uşlaş jarayonlari odamlar orasida qöşib-çatilib, afsonalarga aylanib ketgan. Maktabda, köça-kuyda bolalar bilan yiğilib qolsak ham, faqat şu haqida gaplaşardik, hamma bir-biridan köproq maʼlumot biladiganday qilib körsatişga urinar, jangari kinolarda körgan sahnalarimizni xuddi hayotda bölganday gapirib berişga harakat qilardi. Lekin şu payt heç kim bir-biriga eʼtiroz qilmas, "bu yolğonku, bunaqa bölmaganku" demasdi. Bolalik davri ajoyib-da...
Lekin sönggi yillarda bu voqealar haqida juda kam eslayapmiz, deyarli yodimizdan ham çiqib ketdi. Bir hisobdan bunday mudhiş voqealarga boşqa heç qaçon duç kelmaylik, boşqa tomondan öşa kuni halok bölgan yurtdoşlarimizni xotirlab qöyişga odatlansak yomon bölmasdi.
Mayli, har ne bölsada, yurtimizda tinçlik bölsin. Bunaqa terroristik aktlar boşqa qaytarilmasligini çin dildan istaymiz va duodamiz.
👉 @xushnudbek 👈





