16-fevral voqealariga 20 yil töldi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa016-fevral voqealariga ham 20 yil bölibdi!
Öşa kunni yaxşi eslayman, 5-sinfda öqirdim. Televizorda «Şaytanat» seriali bölayotgandi (özi u paytlar 1-2 ta kanal bölardi xolos). Birdan serialni örtasidan uzişgan. Va ekranda diktor paydo bölib, Toşkentda bir neçta joyda portlaş bölgani, lekin vahima qilişga asos yöqligi, hammasi nazoratga olinganini aytgan. Va yana serial kelgan joyidan davom etgan (Elçin bilan Zelixonning qamoqxonadagi suhbati edi, adaşmasam).
Töğri, portlaş asoratlarini töliq tuşunadigan aqlim bölmasa ham, juda bir ğalati bölib ketganman. Yuraklar duk-duk urib, xavotirga tuşib qolganman.
Yodingizda bölsa, öşandan keyin 1-2 oy faqat şu mavzu kun tartibida bölgan. TVda kimlar qidiruvga berilganiyu, kimlar qölga olingani haqida maʼlumotlar berib borilgandi. Jinoyatçilarni qidiriş va uşlaş jarayonlari odamlar orasida qöşib-çatilib, afsonalarga aylanib ketgan. Maktabda, köça-kuyda bolalar bilan yiğilib qolsak ham, faqat şu haqida gaplaşardik, hamma bir-biridan köproq maʼlumot biladiganday qilib körsatişga urinar, jangari kinolarda körgan sahnalarimizni xuddi hayotda bölganday gapirib berişga harakat qilardi. Lekin şu payt heç kim bir-biriga eʼtiroz qilmas, "bu yolğonku, bunaqa bölmaganku" demasdi. Bolalik davri ajoyibda.
Lekin negadir bu yil TVda jimlik-a? Heç bölmasa, öşa maşʼum voqeada halok bölganlar xotirasi yodga olib qöyilsa yomon bölmasdi. Yoki böldiyu, men körmay qoldimmikin.
Mayli, har ne bölsada, yurtimizda tinçlik bölsin. Bunaqa terroristik aktlar boşqa qaytarilmasligini çin dildan istaymiz va duodamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


