Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev jadidlarni yodga oldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Шавкат Мирзиёев O'zLiDeP минбарида нутқ сўзламоқда, орқа фонда Inson qadri uchun ёзуви кўринган

Şavkat Mirziyoyev jadidlarni yodga oldi

Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri Olmazor tumanidagi Talabalar şaharçasida saylovçilar bilan uçraşmoqda. Jumladan, u jadid bobolarimiz haqida fikr bildirdi:

«Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xöjayev, Şokirjon Rahimiy, Tavallo, Ğulom Zafariy singari jadidçilik harakatining toşkentlik yetakçilari yurtimizda milliy uyğonişning yangi davrini yaratişga kirişgan edilar.

Mustabid tuzum bu fidoyi zotlarni jismonan yöq qilgan bölsa-da, ularning hurriyat va maʼrifat haqidagi orzu-umidlari xalqimiz qalbida hamişa barhayot yaşamoqda.

Xabaringiz bor, yaqinda Özbekiston Oliy sudi hayʼati tomonidan öz vaqtida milliy ozodlik uçun kuraşgan 115 nafar vatandoşimizning pok nomlari oqlandi.

Milliy istiqlol yölida halok bölgan jasur ota-bobolarimizning xotirasini abadiylaştiriş, ularning merosini çuqur örganiş maqsadida boşlagan keng kölamli işlarimizni albatta izçil davom ettiramiz», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek