Test sinovlarida kutilayotgan jiddiy özgarişlar

Matn16-fevral, 2019, 11:162 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Test sinovlarida öta jiddiy özgarişlar kutilayapti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra:

2019/2020 öquv yili qabulidan boşlab:

amaldagi tartibni özgartirgan holda oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlarini iyul-avgust oylarida ötkaziş;

eng yuqori ballning 30 foizi va undan yuqori ballni töplagan abituriyentlarga fanlar böyiça test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat beriş hamda ularga uçtagaça taʼlim yönalişida tanlovda iştirok etişi uçun imkoniyat yaratiş;

2020/2021 öquv yili qabulidan boşlab:

test fanlari majmuasini ikki bölimga ajratib, 1-bölimga barça test topşiruvçilar uçun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va Özbekiston tarixi, 2-bölimga daʼvogarlik qilinayotgan taʼlim yönalişiga mos ikkita fanni kiritiş;

yoşlarning ona tili böyiça savodxonligini oşiriş va aniqlaş maqsadida yoziş könikmalarini baholaş uçun “Özbek tili”, “Rus tili”, “Qoraqalpoq tili” fanlari böyiça alohida sinovlarni taşkil etiş.

Şuningdek:

abituriyentlarning test sinovlari va tanlovda iştirok etişi uçun Davlat xizmatlari markazlari orqali röyxatdan ötkaziş tizimi bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi;

oldingi öquv yillarida taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun eng kam iş haqining bir barobariga teng miqdorida yiğim undiriladi. Joriy yil bitiruvçilari uçun test sinovlari bepul asosda ötkaziladi;

test ötkazilgan kunning ertasiga abituriyentning fanlar böyiça test sinovidan umumiy töplagan ballari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;

abituriyentning sinov natijasi böyiça olgan bali tavsiya etişga yetarli bölgan oliy taʼlim muassasasi (taʼlim yönalişi)da öqiş imkoniyati yaratiladi;

özbek va qoraqalpoq tillaridagi test topşiriqlari faqat lotin alifbosida tayyorlanadi.

Batafsil: https://regulation.gov.uz/uz/document/2390

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Somerset Moemning Nonuşta hikoyasi mutolaasi

    01 daqiqa

  2. Talabalar yotoqxonasi va ijara muammolari

    02 daqiqa

Yana oʻqing