Talabalar yotoqxonasi va ijara muammolari

Matn15-fevral, 2019, 20:362 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Talabalar yotoqxonasi haqida

Maʼlumotlarga qaraganda, Toşkent şahrida 173 ta talabalar yotoqxonasi mavjud va ularga 47,4 ming talaba joylaşişi mumkin. Lekin Toşkent şaroitida bu juda kam, yotoqxonaga ehtiyojmandlarning 40%iga ham yetmaydi.

75 ming atrofidagi talabalar ijaralarda yaşar ekan. Ijara topiş, propiskaga qöyiş, har oy ijara haqini tölaş muammolari haqidaku soatlab gapiriş mumkin.

Yangi öquv yili boşlanişi bilan yotoqxonaga joylaşiş muammosi doim talabalarni qiynab keladi. Dekanga yalin, prorektorga kir, rektordan iltimos qil va h.k. Talabalar yotoqxonasiga joylaşiş böyiça aniq Nizom yoki yöriqnoma bormikin-a, qidirib topa olmadim. Balki bordir.

Umuman olganda magarki muammo mavjud ekan, demak uning yeçimlari haqida qayğuriş kerak. Eng avvalo talabalar yotoqxonasiga joylaştirişning rasmiy tartibini yangidan işlab çiqiş va hamma talabalarga yetkaziş kerak. Bu şunday tartib bölsinki, hozirgi noroziliklar sezilarli kamaysin. "Faqat taniş-biliş bilan, "soqqa" bilan joy oliş mumkin, biz beçoralar köçada qoldik" degan taʼnalarni nisbatan yöqotadigan tartib bölsin.

Bundan taşqari yotoqxonalar sonini köpaytiriş, ulardagi örinlarni kengaytiriş haqida ham öylaş zarar qilmaydi.

OTMlar hududini şahar çekkasidagi joylarning hisobiga bölsa ham kengaytiriş va zamonaviy kampuslar yaratiş kerak. Toki talabalar bir joyda öqib, bir joyda yaşaşsin. Transport xarajatlari va taşvişlari bilan ovora bölişmasin.

Talabalarning vaqtinçalik propiskaga qöyiş tizimini ham takomillaştiriş, yaʼni yengillaştiriş kerak, menimça.

Hozirça şular. Yana fikrlar kelsa örtoqlaşaman. Yotoqxonadan joy olişda haqiqiy ehtiyojmandlarga omad tilayman!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek