Yuridik yönalişlarda test fanlari majmuasi özgardi
Yuridik universitetda testda ona tili va adabiyoti faniga eng yuqori ball berilişi aytildi, bu özgariş Qoraqalpoq davlat universitetining yurisprudensiya fakultetiga ham taalluqlimi?
JAVOB: Yöq, taalluqli emas. Davlat qabul komissiyasining bayonida uşbu özgariş faqat Toşkent davlat yuridik universitetiga tegişli ekanligi belgilangan.
Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida mavjud bölgan yurisprudensiya yönalişlarida özgariş yöq.
Lekin bir qiziq jihatga eʼtiboringizni qaratmoqçiman. Oxirgi özgarişdan keyin Özbekistondagi yuridik yönalişlari uçun test sinovi 3 xil fanlar majmuasi böyiça ötkaziladigan böldi.
TDYUU uçun:
Ona tili va adabiyoti – 3,1
Çet tili – 2,1
Tarix – 1,1
JIDU uçun:
Tarix – 3,1
Çet tili – 2,1
Ona tili va adabiyoti – 1,1
QDU uçun:
Tarix – 3,1
Ona tili va adabiyoti – 2,1
Çet tili – 1,1
Körib turganingizdek, yurist böliş uçun turli OTMlarga turliça tayyorgarlik köriş kerak. Şu paytgaça, faqat JIDUda fanlar örni boşqaça edi, aniqroği çet tili faniga ona tiliga qaraganda kattaroq ball berilardi. Buni mantiqan tuşunsa böladi, çunki yönaliş nomining özi ham 5240100-Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) deb nomlanadi. Şu sababli bu yerda xorijiy tilga talab yuqoriroq edi.
Ammo hozir uçta OTMda uç xil test mavjudligi, fikrimça, yurtimizda yuridik yönaliş böyiça tizimli yondoşuv mavjud emasligini körsatadi. Qilinayotgan özgarişlar aniq ilmiy tadqiqotlar, asosli argumentlar natijasida amalga oşirilayotganiga şubha tuğiladi. Çunki haligaça heç kim bölajak yuristlarga nima uçun tarixdan köra, ona tili va adabiyoti fani muhimroq ekanligini ilmiy tuşuntirib bermadi. Agar haqiqatdan yurist uçun ona tili va adabiyoti fani muhimroq bölsa (har holda kanaldagi sörovnomada köpçilik bu özgarişni yoqladi), unda nima uçun bu faqat Yuridik universitetga tatbiq etilyapti? Nima, qolgan ikkita OTMda yuristlar tayyorlanmaydimi? Aytyapmanku, bu borada tizimli yondaşuv yöqdek, hamma öz körpasini öziga tortayotganga öxşab körinyapti. Albatta, bularning barçasi IMXO.
Ha, aytgança, yana bir narsaga diqqatingizni tortmoqçiman.
Yuridik universitetdagi fanlar majmuasi birorta boşqa yönalişda yöq. Yaʼni heç qayerda ona tili, çet tili, tarix ketma-ketligi mavjud emas. Bu esa öz navbatida joriy yilda bir neçta OTMga hujjat topşiriş tizimi yölga qöyilayotgan bir paytda TDYUUga topşirmoqçi bölgan abituriyentlar faqat va faqat şu universitetga hujjat topşira olişi mumkinligini anglatadi, abituriyentlarning bir neçta OTMga hujjat topşiriş huquqini çeklaşi mumkin. Çunki hali rasman tasdiqlanmagan uşbu tartib loyihasida bir neçta OTMga hujjat topşiriş tizimi fanlar majmuasi bir-biriga mos kelgan OTMlar örtasida amal qilişi nazarda tutilmoqda.
Mayli, kuzatamiz, barçasi yaxşilikka bölişidan umidvormiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


