TDYUU bakalavriat va magistratura qabul parametrlari
Adliya vazirligi Toşkent davlat yuridik universitetining bakalavr hamda magistraturasi uçun tillar kesimida qabul parametrlarini eʼlon qildi.
Eʼtiborli tomoni, TDYUUda yana ança yillar oldingi anʼana qaytmoqda. Yaʼni qabul bitta "yurisprudensiya" yönalişi böyiça umumiy emas, balki fakultetlar kesimida alohida qilinadigan bölibdi. Oxirgi marta bunaqasi 2005-yilda bölgandi. 2006-yildan yuridik oliygohga umumiy qabul bölardi va talabalar keyinçalik fakultetlarga bölib yuborilardi.
❗️Eslatma: abituriyentlar bir paytning özida TDYUUdagi 4ta yönalişga hujjat topşiriş huquqiga ega. Kim qaysi fakultetni 1-2-3-4 qilib tanlaşiga qarab, ballarga taʼsir qiladi. Qöşimçasiga yana boşqa biror yuridik fakultetni tanlaşlari ham mumkin.
☝️Maʼlumot uçun: Joriy yildan boşlab Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida ham yuridik fakultetlar oçilgan. Şuningdek, "yurisprudensiya" yönalişi böyiça Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida va Qoraqalpoq davlat universitetida ham fakultetlar bor.
👉 @xushnudbek 👈

