Yuridik universitet abituriyentlari uçun yangi imkoniyatlar
Endi Yuridik universitetga topşirganlar boşqa OTMlarni ham tanlay oladi
#abituriyent
Olingan maʼlumotlarga köra, joriy yilda yönalişlar böyiça fanlar majmuasida ayrim özgarişlar bölgan.
Xabaringiz bor, fevral oyida Toşkent davlat yuridik universitetning fanlar majmuasi ona tili (3,1), çet tili (2,1) va tarix (1,1) ketma-ketligida tasdiqlangan edi. Şu paytgaça bunday ketma-ketlik boşqa birorta yönalişda mavjud emasligi sababli, TDYUUga hujjat topşiradigan abituriyentlar uçta yönalişni tanlaş imkoniyatidan mahrum bölib, faqat bitta bilan çeklanişga majbur bölişi aytilgandi.
Lekin 2019-yilgi test sinovlari uçun fanlar majmuasida ayrim yönaliş böyiça özgarişlar kuzatilgan va TDYUU endi yakka özi emas. Suratga eʼtibor bersangiz, TDYUUga hujjat topşirgan abituriyent Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudensiya» hamda Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining «Noşirlik işi» yönalişlariga ham hujjat topşirganini köriş mumkin.
«Noşirlik işi» yönalişini tuşunsa böladi, çunki bu yangi yönaliş, ötgan yili yöq edi. Lekin QDU «Yurisprudensiya»da özgariş bölgan, sababi ötgan yillarda ular tarix 1-fan edi. Xöp, şu yönalişda ham fanlar özgarar ekan, unda nima uçun şuni oldinroq eʼlon qilişmaydi? Axir köplab abituriyentlar QDUga topşiriş niyati bilan tarix faniga bor eʼtiborni qaratib, tayyorlanayotgandiku. Ularga nisbatan adolatsizlik emasmi bu?
❗️Qabul jarayonlari boşlanganiga 11 kun bölgan bölsa ham, hali hanuz na tillar kesimida kvotalar, na fanlar majmuasi eʼlon qilindi. Buning natijasida Internet orqali hujjat topşiriş xizmati ham işga tuşgani yöq. Tavakkal boşlangan qabul, deyarli tavakkal davom etmoqda.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

