Yurisprudensiya yönalişida sirtqi taʼlim uçun kvotalar

Matn29-iyun, 2022, 18:121 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz#abituriyent Қабул квоталари ❗️БАКАЛАВРИАТ ✅ СИРТҚИ Бакалавриатнинг СИРТҚИ таълим шакли учун таълим йўналишлари ва ўқитиш тиллари бўйича квоталар эълон қилинди…

❗️Yurisprudensiya yönalişi uçun sirtqi taʼlimga ham kvota ajratildi
#abituriyent

Ötgan safar kanalim orqali davlat qabul parametrlari tasdiqlangan Prezident farmoyişini tahlil qila turib, yurisprudensiya yönalişi böyiça Özbekistonda 16 ta OTM talabalar qabul qilişi, şuningdek uşbu yönalişga sirtqi taʼlim uçun joriy yilda kvota ajratilmagani haqida yozgan edim.

Ammo sirtqi taʼlim şaklida davlat granti yöqligi, faqat tölov-kontrakt böyiça talabalar qabul qilinişi sababli moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar özlari mustaqil ravişda sirtqi uçun ham kvota tasdiqlay olişlari yodimdan kötarilibdi, uzr sörayman.

Bugun eʼlon qilingan kvotalarga qarasak, yurisprudensiya yönalişi uçun 8 ta OTMda sirtqi taʼlim şaklida jami 550 ta kvota ajratilgan. Bular quyidagilar:

1) Özbekiston milliy universiteti — 25 örin
2) Buxoro davlat universiteti — 25 örin
3) Qoraqalpoq davlat universiteti — 25 örin (10 özbek, 15 qoraqalpoq)
4) Namangan davlat universiteti — 50 örin
5) Samarqand davlat universiteti — 25 örin
6) Termiz davlat universiteti — 50 örin
7) Farğona davlat universiteti — 50 örin
8) Toşkent davlat yuridik universiteti — 300 örin (200 özbek, 100 rus)

my.dtm.uz sayti orqali hujjat topşirayotganda bemalol uşbu OTMlarni tanlaşingiz mumkin böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 622
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek