Abituriyentlardan hujjat qabul qiliş işlari yakunlandi

Matn16-iyul, 2019, 12:272 daqiqa0 koʻrish

Abituriyentlardan hujjatlar qabul qiliş (röyxatdan ötkaziş) işlari yakunlandi
#abituriyent

2019-yil 15-iyul kuni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlardan hujjatlar qabul qiliş (röyxatdan ötkaziş) işlari yakunlandi. Bu haqida Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov Feysbukdagi sahifasida maʼlum qildi.

Respublika böyiça jami 60 ta OTM va ularning 30 ta filiallariga kiriş uçun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar röyxatdan ötkazildi (2018-yilda – 814 ming 952 nafar). Ötgan yilga nisbatan 251 ming 973 ta yoki 30,91 foiz köp hujjat topşirilgan.

Tanlov körsatkiçi – örtaça bir öringa 10,28 tani taşkil etdi(8,3 ta).

Abituriyentlarni röyxatdan ötkaziş 90 ta OTMlarning qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oşirildi.

Eng köp hujjatlar quyidagi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötkazilgan:

1. Samarqand davlat universiteti – 74 ming 377 nafar, şundan 42 197 nafari kunduzgi, 1 967 nafari keçki, 30 213 nafari sirtqi (37 ming 265 nafar);
2. Andijon davlat universiteti – 45 ming 977 nafar, şundan 29 288 nafari kunduzgi, 16 689 nafari sirtqi (35 ming 336 nafar);
3. Qarşi davlat universiteti – 44 ming 676 nafar, şundan 24 899 nafari kunduzgi, 19 777 nafari sirtqi (38 ming 662 nafar);
4. Farğona davlat universiteti – 42 ming 118 nafar, şundan 26 259 nafari kunduzgi, 15 859 nafari sirtqi (33 ming 762 nafar);
5. Urganç davlat universiteti – 39 ming 405 nafar, şundan 25 959 nafari kunduzgi, 13 446 nafari sirtqi (29 ming 664 nafar).

2019/2020 öquv yilida abituriyentlardan hududlar kesimida tuşgan arizalar haqida maʼlumot:

Toşkent şahridagi 28 ta OTMga jami 265.200 ta;
Samarqanddagi 9 ta OTMga jami 117.253 ta;
Farğonadagi 7 ta OTMga jami 88.947 ta;
Andijondagi 4 ta OTMga jami 75.263 ta;
Qaşqadaryodagi 6 ta OTMga jami 70.779 ta;
Surxondaryodagi 6 ta OTMga jami 67.067 ta;
Qoraqalpoğistondagi 9 ta OTMga jami 64.039 ta;
Namangandagi 3 ta OTMga jami 55.967 ta;
Jizzaxdagi 3 ta OTMga jami 53.106 ta;
Toşkent viloyatidagi 4 ta OTMga jami 52.877 ta;
Xorazmdagi 3 ta OTMga jami 44.246 ta;
Buxorodagi 4 ta OTMga jami 43.431 ta;
Sirdaryodagi 2 ta OTMga jami 38.687 ta;
Navoiydagi 2 ta OTMga jami 30.063 ta.

Test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali öqişga qabul qilinadigan taʼlim yönalişlariga abituriyentlardan 86 ming 748 ta (kunduzgi – 53 263 ta, keçki – 104 ta, sirtqi – 33 381 ta) ariza qabul qilindi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

  2. Onalarni eʼzozlaş haqida

    05 daqiqa

Yana oʻqing