Talabalarning ijara tölovi bir qismi davlatdan qoplanadi

Matn27-avgust, 2021, 10:122 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Talabalarga ijarasining bir qismini davlat tölaydimi?

✅ JAVOB: Ha, talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanadi.

Prezident farmoniga köra, 2021-yil 1-maydan boşlab:

➖yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegişli bölmagan uyda ijara huquqi asosida yaşaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

❗️Bunda ijara tölovining qoplab beriladigan qismi:

➖ Toşkent şahrida – bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravaridan (270 ming söm);

➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblaş miqdorining 0,5 baravaridan (135 ming söm) oşmasligi kerak.

➖Ijara tölovining qoplab beriladigan qismi birinçi navbatda ehtiyojmand oila farzandlari, örnak körsatgan va faol talabalar uçun qöllaniladi.

❓Şu paytgaça kimgadir tölab berildimi?

Oliy va örta maxsus taʼlimi vazirligidan olgan maʼlumotimizga köra, ötgan öquv yilining oxirida 43 ta OTMdan kelib tuşgan ehtiyojlarga muvofiq may-iyun oylari uçun 3 ming 163 nafar talabaga 920,8 mln.söm mablağlar Davlat byudjeti tomonidan tölab berilgan. Öşa paytda köplab OTMlar onlayn öqişda bölgani uçun talabgorlar kam bölgan.

❓Ijara pulining bir qismini oliş uçun nima qiliş kerak?

Hozirça buning batafsil tartibi böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinmadi, lekin yaqin kunlarda imzolanişi kutilmoqda. Şunda tartibi aniqroq bölar edi. Lekin bitta narsa aniq: uy egasi va talaba örtasida imzolangan rasmiy ijara şartnomasi bölişi kerak. Şunçaki oğzaki kelişuv bölsa, tölab berilmaydi.

ℹ️ Tez kunlarda kanalimizda aynan talabalar turar joylari va ijara tölovlari mavzusida ovozli çat taşkil qilişni rejalaştiryapmiz. Öşanda talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob olişlari mumkin böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek