Talabalarga uy ijarasi uçun soliq imtiyozlari
❓Talabalarga uyini ijaraga bergan şaxslar daromad soliği tölamasligi aytilgandi, şu kuçga kirdimi?
✅ JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuçga kirgan.
Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1-moddasiga binoan, soliq tölovçining uy-joylarni talabalarga ijaraga berişdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi.
Boşqaça aytganda talabalarga uyini ijaraga berganlar daromad soliği tölamaydi. Talaba ham soliq tölamaydi.
ℹ️Maʼlumot uçun: bundan taşqari yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegişli bölmagan uyda ijarada yaşaydigan talabalarga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi budjet mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Ijara pulining 50 foizi (Toşkent şahrida 270 ming sömgaça, qolgan hududlarda esa BHMning 135 ming sömgaça) davlat OTMlarining kunduzgi taʼlim şaklida, davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yaşaydigan talabalarga qoplab beriladi. Buning uçun talabalar özlari öqib turgan OTMga murojaat qilişlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 731

