Xususiy boğça va maktablar uçun soliq imtiyozi tartibi

Matn18-aprel, 2022, 13:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Xususiy boğça va maktablar uçun 1-apreldan soliq imtiyozi berilişi aytilgandi, şu kuçga kirdimi?

✅ JAVOB: Yöq, hali bu böyiça qonunçilikka özgariş kiritilmadi. Ammo siz bilişingiz kerak bölgan bir muhim jihati bor.

Ötgan yili Şavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida farzandlarini xususiy maktab va boğçalarga joylaştirgan ota-onalar uçun oylik 3 million sömgaça tölovdan daromad soliği olinmasligini maʼlum qilgandi.

Keyinçalik bu 2022-yil 28-yanvardagi Prezident farmonida ham topşiriq sifatida öz aksini topdi va 1-apreldan boşlab uşbu tartib amalga kirişi belgilandi. Lekin haligaça Soliq kodeksiga bu borada tegişli özgariş kiritilmadi.

Mazkur masala yuzasidan Moliya vazirligi hamda Soliq qömitasi bilan boğlandim. Ularning aytişiça, hozirda qonun loyihasi işlab çiqilgan va kelişiş jarayonida ekan. «Ammo 1-apreldan keçikib ketdi-ku, natijada ota-onalar keçikkan davri uçun zarar körmayaptimi?» degan savolimizga quyidagiça tuşuntiriş berişdi va buni siz ham bilib qöyişingiz kerak:

❗️Soliq kodeksi qoidalariga köra, yengillaştiruvçi holat orqaga qaytiş kuçiga ega. Şu sababli 1-apreldan soliq imtiyozi qöllanaveradi, ota-onalar zarar körmaydi. Faqat buning uçun ota-onalar xususiy boğça yoki maktabga qilgan tölovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qöyişlari kerak böladi. Yil oxirida ular barça tölangan maʼlumotlarni soliq idorasiga taqdim etişadi va ortiqça tölangan daromad soliği qismini bitta qilib qaytarib olişadi.

Boşqaça aytganda, uşbu soliq imtiyozi orqali ota-onalar oyma-oy pullarini qaytarib olişmaydi yoki boğça/maktab tölovida "skidka" bölib, narx pasayib qolmaydi. Öşa summani tölaşda davom etaveradilar. Ammo yil sönggida bitta qilib, 12% qismini qaytarib olişlari mumkin böladi.

ℹ️ Masalan, oyiga 3 mln sömdan xususiy maktabga tölov qilinayotgan bölsa, yiliga jami 36 mln söm böladi. Yil tugagaç, barça 12 oylik tölovlarni tasdiqlovçi qoğoz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topşiriladi. Soliq organi esa uşbu summadan 12%lik daromad soliğini, yaʼni 4 mln 320 ming sömni sizga qaytarib beradi (adaşmasam, plastikka tuşiriş orqali).

‼️ BU MUHIM: uşbu imtiyoz aprel oyidan amal qilişini hisobga olib, joriy oydan boşlab tölovingizni tasdiqlovçi maʼlumotlarni töplaşni unutmang. Ayrim xususiy boğça va maktablar oylik tölov pulini kassa yoki terminal orqali emas, balki biror xodimining plastik kartasiga pul ötkazmasi sifatida taşlaşni söraşadi. Bunaqa vaziyatda siz aynan boğça yoki maktabga tölov qilganingizni isbotlay olmay qolasiz. Şu sababli tölovni rasmiy yöllar orqali amalga oşiring. Taʼlim muassasasi maʼmuriyatidan ham buni talab qiling.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 665
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek