Şavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan taʼlim haqida suhbatlaşdi
Şavkat Mirziyoyev bilan taʼlim haqidagi suhbatimiz xususida
Prezident bilan jurnalistlarning suhbatlari odatiy tusga aylanmoqda. Har safar biror tadbir yoki taşrifdan söng albatta jurnalistlar yoniga kelib, kamida 30 daqiqa, baʼzan undan ham köp savol-javob qilib, suhbat qurmoqda. Turli mavzularda özaro fikr almaşilyapti, Şavkat Mirziyoyev içki va taşqi siyosat böyiça öz qaraşlarini tuşuntirib beryapti, kezi kelganda jurnalistlar savoldan taşqari, takliflar ham berişmoqda.
Masalan, keça Andijon şahridagi taʼlim klasterida ana şunday suhbat böldi. “Yangi avlod” taʼlim klasterining birinçi bosqiçida ming örinli xususiy maktab faoliyati işga tuşirilibdi, keyinçalik xususiy boğça va universitet qurişni reja qilişayotgan ekan. Prezident "nima yordam kerak?" deb söraganda, klaster rahbarlari xorijdan taʼlim uskunalarini olib kelişda muammo bölayogani, imkoni bölsa bojxona tartibini soddalaştiriş va katta bojlarni kamaytirişda yordam söradi. Öşa zahoti Şavkat Mirziyoyev tegişli masʼullarga bu böyiça topşiriq berdi va barça xususiy maktablarga bojxona imtiyozlarini qöllaş böyiça taklif işlab çiqiş kerakligini aytdi.
Taşrif sönggida odatiy anʼanaga muvofiq Şavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan suhbat qildi va mavzu ham köproq taʼlim haqida böldi. Şavkat Mirziyoyev mamlakatda taʼlimni rivojlantirmasdan, kelajak qurib bölmasligini, eng katta eʼtiborini aynan taʼlimga qaratişini, öqituvçilar obrösi va jamiyatdagi nufuzini oşirişga harakat qilişini yana bir bor taʼkidladi.
Taʼlim haqida gap ketgani uçun, men ham jim turmadim, albatta. Ilmni qöllab-quvvatlaş eng töğri yöl ekanligini taʼkidlab, taʼlim sohasiga oid har qanday yaxşi qarordan boşim kökka yetgudek xursand bölişimni yaşirib ötirmadim.
Şuningdek, suhbat çoğida Telegram kanalimda ötkazilgan sörovnoma haqida ham gapirdim. «Özbekistonda öqişga kiriş osonmi, qiyinmi?» degan savolga 100 mingdan köproq inson javob bergani va ajablanarlisi atigi 7-8% ovoz berganlar puling yoki tanişing bölmasa öqişga kirolmaysan, deya hisoblaşi, umumiy olganda 75% ovoz beruvçilar öqiganlar osongina talaba bölayotgani haqida munosabat bildirganini aytdim.
Raqamlarni eşitib, Şavkat Mirziyoyev ham hayron qoldi va "oçiğini aytsam, siz aytgan masalada fuqarolarimizning heç bölmasa 50%i ijobiy javob beradigan darajada özgarişlar qila olsak ham, katta yutuq, deb hisoblardim", deya taʼkidladi.
Bu maʼlumotni aytişimdan maqsad — taʼlimni rivojlantiriş eng töğri yöl ekanligi, taʼlimdagi muammolarni tezroq bartaraf etişga hozirgidan ham yanada köproq kuç sarflaş kerakligi, şunda xalqning özi qilinayotgan özgarişlar böyiça xolis bahosini berişini taʼkidlaş edi.
Rostdan-da, öylab köring, xuddi şunaqa sörovnomani 2017-2018-yillarda qilganimizda qanaqa natija çiqardi? Kamida 95% odam yoki zaring, yoki zöring bölmasa öqişga kira olmaysan, öqişga kirişda hammayoq korrupsiya degan bölardi va ular mutloq haq edilar. Bugun esa 100 mingdan ortiq ovoz beruvçilarning 75%i öqisang osongina öqişga kirasan, ayrim joylarga esa öqimasang ham bemalol kirasan, deb turişibdi.
Şuningdek, fikrimni davom ettirar ekanman, xususiy maktablar qatorida xususiy OTMlarga ham eʼtibor beriş kerakligini, sababi bu tezda özini qoplaydigan biznes bölmagani uçun hamma investorlarga ham jozibador emasligini, lekin bugungi şaroitda sifatli taʼlim beriş va yoşlarga öqiş imkoniyatini yaratişda xususiy OTMlarning örni katta ekanligini aytdim. Şu sababli ularni qöllab-quvvatlaş, kerak bölsa soliq va bojxona imtiyozlari beriş masalani öylab köriş haqida taklif qildim.
Şavkat Mirziyoyev fikrlarimni tinglab, qöllab-quvvatladi, bu masalani saylovoldi dasturiga ham alohida band sifatida kiritganini va albatta xususiy OTMlarga davlat OTMlarida bölgani kabi imtiyoz va preferensiyalar berilişini vaʼda qildi.
«Albatta, bu davlat oliygohlarining rektorlariga yoqmasligi mumkin, lekin naçora, ular ham zamonga moslaşişni örganmasa, özini qiynamasa, xususiylardan orqada qolib ketaveradi. Bizning tanlagan yölimiz şu, bundan orqaga qaytmaymiz, faqat taʼlim, taʼlim va yana taʼlim deymiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bu kabi oçiq suhbatlar davomiy bölişini tilab qolaman.
👉 @xushnudbek 👈


