Prezident taʼlimdagi eskirgan usullarni tanqid qildi
Prezident maʼruzalarning zerikarli ekanligini va konspektlar yozdirişni tanqid qildi
Bugun Şavkat Mirziyoyev huzurida joriy öquv yilini sifatli yakunlaş, bitiruv va kiriş imtihonlarini taşkil etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda quyidagilar taʼkidlandi:
✅ oldinda joriy öquv yilini sifatli yakunlaş vazifasi turibdi, xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib çiqib, oliy öquv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn şaklda ötkaziş rejalaştirilmoqda;
✅ vaziyatga qarab, öquv yuklamalarni va dasturlarni qayta körib çiqiş, OTMlarda amaliy könikmalarni rivojlantirişga eʼtiborni kuçaytiriş lozimligi belgilandi;
✅ OTMlarga reja va dasturlarni iş beruvçilar talabidan kelib çiqib mustaqil tasdiqlaş vakolati beriladi;
✅ zerikarli maʼruzalar öqiş, konspektlar yozdiriş kabi özini oqlamagan usullardan voz keçib, taʼlim metodikasini rivojlantiriş va pedagoglar saviyasini oşiriş ğoyat muhim masalaligi taʼkidlandi;
✅ bosqiçma-bosqiç masofaviy şaklda pedagoglar malakasini oşiriş, dars maşğulotlarini masofadan kuzatiş, baholaşda inson omilini kamaytiriş haqida topşiriq berildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👎 1

