Prezident yangi orden va medallar haqidagi qonunni qaytardi

Matn30-aprel, 2020, 17:261 daqiqa0 koʻrish

Deputatlar qabul qilgan va senatorlar maʼqullagan qonun Prezident tomonidan qaytarildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Akmal Burxonov yozmoqda:

“Joriy yilning 23-mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan “III va IV darajali “Soğlom avlod uçun” ordenini taʼsis etiş töğrisida”gi hamda “Soğlom avlod uçun” medalini taʼsis etiş töğrisida”gi qonunlar qabul qilingan edi va 24-mart kuni Senat tomonidan maʼqullangan edi. Biroq uşbu qonunlar Prezident tomonidan imzolanmasdan qaytarilgan.

Maʼlumot örnida, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga köra, Prezident Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullangan qonunni öz eʼtirozlari bilan Oliy Majlisga qaytarişga haqli. Qonunçilikka muvofiq, Prezident tomonidan qaytarilgan qonun Qonunçilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta körib çiqilişi kerak.

Şu asnoda, “III va IV darajali “Soğlom avlod uçun” ordenini taʼsis etiş töğrisida”gi Qonuni Prezidentning takliflari va mulohazalarini inobatga olgan holda «Salomatlik» ordenini taʼsis etiş töğrisida, degan yangi nom bilan, “Soğlom avlod uçun” medalini taʼsis etiş töğrisida”gi Qonuni esa «Soğlom turmuş» medalini taʼsis etiş töğrisida” degan yangi nom bilan qayta körib çiqilmoqda.

Taʼkidlaş joizki, bunday holat Özbekiston qonun ijodkorligi amaliyotida kamdan kam uçraydi (şaxsan men hali bu amaliyot bölganini eslay olmayman)”.

Iqtibos tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek