Qonunçilik taşabbusi subyektlari va deputatlar faoliyati

Matn9-yanvar, 2019, 22:592 daqiqa0 koʻrish

Qonunçilik taşabbusi subyektlari

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasida quyidagi sözlar bor edi:

«Afsuski, deputatlar, senatorlarimiz uyğonişi kerak, bu – hayot talabi, degan gaplar gapligiça qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, kutilgan amaliy natija yöq.

Yil davomida bildirilgan 136 ta qonunçilik taşabbusidan bor-yöği 27 tasi deputatlarga tegişli bölib, ular ham asosan amaldagi qonunlarga Prezidentning farmon va qarorlaridan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalardir. Şuning özi parlamentimiz faoliyati samarasi yetarli emasligini körsatmaydimi?

Nima, islohotlarni amalga oşiriş uçun faqat Prezident farmon va qarorlar qabul qilişi kerakmi?

Qaçon parlament, mayli, köp emas, heç bölmasa bitta sohani tubdan yaxşilaşga qaratilgan qaror yoki qonun işlab çiqadi? Qaçon böladi bu iş?

El-yurtimiz sizlardan, muhtaram xalq noiblaridan bu borada javob kutmoqda. Deputat yoki senator bölib saylandik, endi özimiz xohlagança yuramiz, degan gaplar ötmişda qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, uyğoniş kerak».

* * *

Bu gaplar 2017-yil 22-dekabrda aytilgan edi. Qiziq, 2018-yil davomidagi qonunçilik taşabbusida deputatlarning iştirokida biror özgariş böldimikin?

Yil davomida neçta qonunçilik taşabbusi bildirildi, şundan neçtasi qonun sifatida qabul qilindi, eng köp qonunçilik taşabbusi qaysi subyekt tomonidan bildirildi, bunda deputatlarning örni qay darajada böldi?

Imkoni bölsa şu kabi statistikalar bilan tanişsak, yomon bölmasdi, nima dedingiz? Har holda jamoatçilik uçun qiziq bölardi, deymanda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek