Prezident bir guruh amaldor va biznesmenlarni taqdirladi

Matn30-avgust, 2019, 21:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Prezident Şavkat Mirziyoyev amaldorlar va taniqli biznesmenlarni taqdirladi. Kimga qanday mukofot nasib etdi?

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni «Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatçilari hamda işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida» töğrisidagi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar röyxatida, jumladan, köplab davlat amaldorlari, hokimlar va taniqli biznesmenlarni köriş mumkin. @daryo_live kimga qaysi mukofot nasib etganini tahlil qilib çiqdi.

Amaldorlar

Özbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotov «El-yurt hurmati» ordeni bilan, Özbekiston Senati raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan, boş vazir örinbosari — moliya vaziri Jamşid Qöçqorov esa «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Vazirlar Mahkamasi apparati boşqaruvçisi Ravil Abduqodirov «El-yurt hurmati» ordeni bilan, boş vazir maslahatçisi Abrol Vahobov «Mehnat şuhrati» ordeni bilan, Davlat geologiya qömitasi raisi Bobir Islomov va Davlatergeodezkadastr qömitasi raisi Abduşukur Abdullayev «Döstlik» ordeni bilan bilan taqdirlangan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasining olti nafar masʼul xodimi «Sodiq xizmatlari uçun» medaliga loyiq körilgan.

Hokimlar

Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev «Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi» faxriy unvoni bilan, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov, Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev, Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Qiziltepa tumani hokimi Şabon Nabiyev «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan, Qöqon şahar hokimi Maʼruf Usmonov esa «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan. Ellikqalʼa tumani hokimi Seydamat Avezov, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov, Danğara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov, Xovos tumani hokimi Rahimjon Boboyev, Şahrixon tumani hokimi Hikmatullo Dadaxonov, Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkatbek Ergaşev, Peşku tumani hokimi Amrillo Nazarov, Çust tumani hokimi Bahodir Oxunov, Qöşköpir tumani hokimi Jörabek Rahimov, Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev, Boğot tumani hokimi Oybek Xolboyev, Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov, Buxoro şahar hokimi Karim Kamolov, Namangan şahar hokimi Şavkat Abdurazzoqov, Termiz şahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan mukofotlangan.

Elçilar

Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov «Döstlik» ordeni bilan, mamlakatning Pokistondagi favqulodda va muxtor elçisi Furqat Sidiqov esa «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan. Şuningdek, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi boşqarma boşliği Adilbek Kaipbergenov ham «Döstlik» ordeni egasiga aylangan.

Biznes vakillari

Özbekistonda xokkey sportini ommalaştirişga masʼul işbilarmon, Eriell kompaniyalar guruhi boşqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlandi. Samarqanddagi Sam Antep Gilam kompaniyasi direktori Kamol Abdulloyev, UzTex töqimaçilik korxonalari guruhi direktorlar kengaşi raisi Farhod Mamajonov (suratda — Prezident bilan birga), Golden House Development’ning 76 foiz aksiyasiga egalik qiluvçi Unique Trade Business kompaniyasi direktorii Payzullajon Mirzayev «Mehnat şuhrati» ordeni egasiga aylandi.

Agromir Group assotsiatsiyasi direktorlar kengaşi raisi Şavkat Jalolov «Döstlik» ordeni, Craffers qandolatçilik kompaniyasi direktori Azizxon Amilov esa «Şuhrat» medali bilan mukofotlangan. Şuningdek, ENTER Engineering kompaniyasi va To‘palang HPD kompaniyalarining köplab xodimlari ham turli davlat mukofotlariga loyiq körilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek