Yangi tahrirdagi Taʼlim töğrisidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi

Matn30-avgust, 2019, 16:592 daqiqa0 koʻrish

Yangi tahrirdagi «Taʼlim töğrisida»gi qonun loyihasi eʼlon qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan yangi tahrirdagi «Taʼlim töğrisida»gi qonun loyihasi eʼlon qilindi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/7093

Uşbu Qonunning maqsadi Özbekiston Respublikasida fuqarolarga taʼlim-tarbiya beriş, kasb-hunar örgatişning huquqiy asoslarini va taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilaş hamda har kimning bilim olişdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlaşdan iborat.

Özbekiston Respublikasida taʼlim quyidagi turlarda amalga oşiriladi:

maktabgaça taʼlim;

umumiy örta va örta maxsus taʼlim;

kasbiy taʼlim;

oliy taʼlim;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;

kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş;

maktabdan taşqari taʼlim.

Özbekiston Respublikasining taʼlim tizimi quyidagilarni öz içiga oladi:

davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlarini yoki ulardan birini amalga oşiruvçi taʼlim taşkilotlari;

yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslar (repetitorlik);

taʼlim tizimining faoliyat körsatişi va rivojlanişini taʼminlaş uçun zarur bölgan tadqiqot işlarini bajaruvçi ilmiy-pedagogik muassasalar;

taʼlim sohasida davlat boşqaruvi organlari hamda ularga idoraviy mansub taşkilotlar.

Özbekiston Respublikasining taʼlim tizimi yagona va uzluksizdir.

Taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

taʼlim va tarbiyaning uyğunlikda olib borilişi;

taʼlim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xususiyatga ega ekanligi;

taʼlimning uzluksizligi, uzviyligi va izçilligi;

12 yillik (6 yoşdan 7 yoşgaça bolalarni bir yil davomida umumiy örta taʼlimga tayyorlaş hamda ön bir yillik umumiy örta va örta maxsus) taʼlimning majburiyligi;

taʼlim tizimining dunyoviy xususiyatga ega ekanligi;

davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablari doirasida taʼlim olişning hamma uçun oçiqligi;

taʼlim dasturlarini tanlaşga yagona va tabaqalaştirilgan yondaşuv;

bilimli bölişni va isteʼdodni rağbatlantiriş;

insonning butun hayoti davomida taʼlim olişi;

jamiyatda pedagog xodimlar ijtimoiy himoyasining kafolatlanganligi;

taʼlim tizimida davlat va jamoat boşqaruvini uyğunlaştiriş.

Davlat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi, ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olişda teng huquqlarni kafolatlaydi.

Qonun loyihasi 28-sentabrga qadar muhokama qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek