Xotin-qizlar qömitasiga ayollarga oid 3 ta amaliy taklif
Xotin-qizlar qömitasiga ayollarga oid 3 ta amaliy taklif
Sönggi kunlarda Xotin-qizlar qömitasi bilan boğliq köplab munozarali holatlar böldi. Qömitaning öz harakatlarini izohlaşga qilgan harakatlari vaziyatni köp ham özgartirmadi, menimça.
Qömitaga imijini yaxşilaş uçun 3 ta kiçkina taklif aytaman, imkonini qila olsa, amalga oşirsin. Aslida quyida aytilayotganlar ularning asosiy majburiyati ham:
1. Diskriminatsiya
Ayol xodimlar farzandli bölganda, ularga bolasi 2 yoşga tölgungaça haq tölanadigan taʼtil beriladi. Va uşbu taʼtil davomida 2 “minimalka” miqdorda nafaqa tölanadi. Xalq tilida bu “bola puli” deyiladi.
2013-yilgaça uşbu nafaqa hamma ayol xodimlarga berilardi. Ammo öşa yili Moliya vazirligining avvalgi rahbariyati byudjetni iqtisod qiliş maqsadida köp “islohot”lar ötkazdi. Ular bola puliga ham “yopişdi” va yangi qoidaga köra, bola puli faqat nodavlat taşkilotlarda işlaydigan ayollarga iş joyidan beriladigan böldi.
Ammo budjet taşkilotida işlaydigan ayollarga iş joyidan bola puli berilmaydigan böldi. Ular bola pulini faqat mahalladan olişi mumkin. Unda ham oilasi kam taʼminlangan bölsagina berişadi. Mahalladan bola pulini oliş qay darajada qiyin va korrupsiyalaşgan tizim ekanligini köpçilik yaxşi bilsa kerak.
Xullas, qonunçilikdagi uşbu diskriminatsiyani bartaraf etiş kerak. Budjet taşkilotida işlaydigan ayollarni qolganlardan qayeri kam? Ularning aybi davlat taşkilotida işlaganimi? Lekin ular ham ona-ku! Ular ham farzand dunyoga keltirdi-ku. Davlat ğaznasi şu gödaklarning haqqiga qarab qolmagandir har holda?
2. Adolatsizlik
Davlat boğçalarida bolalarni qabul qiliş yoşini 2 yoşgaça tuşiriş kerak.
Bu haqida avval ham yozganman. Aniqroği beva ayolning zorlanib yozgan maktubini eʼlon qilgandim.
Bola puli 2 yoşgaça berilişini bilib oldik. Ammo ayollarda yana şunday huquq bor, agar istasa bolasi 3 yoşga tölgungaça öz hisobidan taʼtil olişi mumkin. Bu majburiy emas, ixtiyoriy.
3-yildagi taʼtilni odatda öziga töq ayollar oladi. Çunki 1 yil oylik olmasdan bola tarbiyasi bilan şuğullaniş oson emas.
Lekin farzandi 2 yoşga tölişi bilan işga çiqmoqçi bölgan ayollarning ançadan buyon boşi qotgan. Ular bolasini kimga qoldiradi? Oilasida qarovçi bölmasa, ular oldida qanday yeçim bor? Davlat boğçalari 3 yoşdan oladi, xususiy boğçalar esa juda qimmat. Qornini töydirsinmi, boğçaga pul tölasinmi? Yoki bolasi 3 yoşga tölişini kutib, işga çiqmay, uyda ötirsinmi? Unda 1 yil ularni kim boqadi?
Taʼkidlaş joiz, ilgari davlat boğçalariga 2 yoşdan olinardi. Lekin keyinçalik 3 yoşga kötarib qöyişdi. Ammo nima uçun qaror qabul qilayotganda ayollarning manfaatlari inobatga olinmagan?
3. Qonunsizlik
Bu masalani ham ilgari kötarib çiqqandim. Ammo natija bölmadi.
Qonunçilikka binoan, ayollarga tuqqunga qadar 70 kun, tuqqandan söng 56 kun homiladorlik va tuğiş taʼtili beriladi. Bu xalq tilida “dekret taʼtili” deyiladi.
Mehnat kodeksining 286-moddasiga köra, ana şu taʼtil paytida töliq (100%) iş haqi miqdorida homiladorlik va tuğiş nafaqasi beriladi.
Ammo 2016-yil 27-dekabrdagi Prezident qarori hamda unga kiritilgan 2018-yil 4-apreldagi özgartirişga köra, işga kirganiga hali 1 yil tölmagan ayollarga dekret puli iş haqining 75%i miqdorida tölab berilişi belgilangan.
Bir narsani unutmangki, Prezident qarori heç qaçon Qonundan ustun bölolmaydi. Agar Qonun va Prezident qarori bir-biriga zid kelib qolsa, unda qonunga amal qiliş kerak.
Ammo moliya bölimlari “paqillatib” 75% iş haqi berişmoqda. Mabodo birorta qonunni yaxşi biladigan buxgalter 100% tölagan bölsa, unda “KRU” degan taşkilot 25% iş haqini ayoldan qaytarib olib, buxgalterning özini jazolaş masalasini kötarişmoqda.
Aslida dekret puli stajdan qatʼi nazar barçaga iş haqining 100%i miqdorida berilişi kerak. Qonun talabi şunday!
Bu qonunsizlikka qaçondir barham beriladimi?
=====
Mana şular 3 ta kiçkinagina taklifim edi.
Xotin-qizlar qömitasi şu uçalasini ijobiy hal qila olsa (heç bölmasa şunga harakat qilsa), har holda bu harakati bozorlarda Zulfiya şeʼrlarini qöyib berişdan köra, millionlab ayollarga köproq amaliy foyda keltirsa kerak, deb öylayman.
Salomat böling.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2
