Özbekiston Qahramoni unvoni sohiblari eʼlon qilindi
Tanişing, Özbekiston Qahramonlari!
Şavkat Mirziyoyev Prezident sifatida saylangandan söng, 2017 va 2018-yillarda «Özbekiston Qahramoni» unvoni heç kimga berilmagan edi. 2 yillik tanaffusdan keyin ilk marta uşbu eng yuksak davlat mukofoti sohiblari nomi maʼlum böldi!
Prezidentning 2019-yil 28-avgustdagi Farmoni bilan quyidagilarga «Özbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nişon – «Oltin yulduz» medali topşirildi:
Yerniyazov Musa Tajetdinoviç - Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi;
Murotova Lola Neʼmatovna - Farğona viloyati Oltiariq tumani «Nurli obod» fermer xöjaligi boşliği;
Normuradov Xasan Norbekoviç - «Nuroniy» jamğarmasining Samarqand viloyati bölimi raisi.
Uşbu yurtdoşlarimizga yuksak mukofotlar muborak bölsin, deb qolamiz!
👉 @xushnudbek 👈
