Ehtiyojmand talabalar uçun kontrakt tölab beriş aksiyasi

Matn28-avgust, 2019, 12:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hurmatli muştariylar!

Şuningdek, oliy taʼlim muassasalari vakillari!

Xabaringiz bor, bugundan kanalda ijtimoiy aksiya eʼlon qildik. Tadbirkorlar ehtiyojmand talabalarning yarim yillik kontraktini tölab beriş evaziga kanalda reklama joylaş huquqiga ega böladi.

Qoidaga köra, ehtiyojmand talabalar röyxatini biz şakllantiramiz va taqdim etamiz.

Mana şu jarayonga Sizning yordamingiz kerak. Agar ana şunday talabalar haqida Sizda maʼlumot bölsa (yoki özingiz ehtiyojmand bölsangiz), bizga xabar bering.

✅ Murojaat uçun: https://forms.gle/8edCYvP1PbXi7tYa8

Ayniqsa, yurtimizdagi OTM maʼmuriyatidan ham amaliy yordam sörab qolar edik, yuqori kurs talabalarining imkoniyatlarini ular hammadan köra yaxşiroq bilişadi, har holda.

Eng avvalo quyidagi toifadagi talabalarga yarim yillik kontraktlari tölab beriladi:

1) Çin yetim (ota-onasi vafot etgan) yoki yetim talabalar;
2) Ota-onasi nogiron;
3) Özi nogiron, ota-onasi esa işsiz yoki oilasi kam taʼminlangan;
4) Oilada 2 yoki undan ortiq talaba kontraktda öqiyotgan hamda qöşimçasiga oilaning özi kam taʼminlangan;
5) Köp farzandli oila vakillari;
6) Ota-onasi işsiz, oilasi kam taʼminlangan;
7) va boşqa toifalar.

Yuqoridagi röyxat böyiça ketma-ketlikka rioya qilinadi, yaʼni nomzodlar bir neça kişi bölsa, röyxat yuqorisidagilarga ustuvorlik beriladi.

Quyidagilarga aksiya doirasida kontrakt tölab berilmaydi:

1) Özbekistondagi xorijiy yoki xususiy OTMlarda öqiyotganlar uçun;
2) Xorijdagi OTMlarda öqiyotganlar uçun;
3) Super-kontrakt uçun;
4) Magistratura uçun;
5) Qöşma dastur asosida öqiyotganlar uçun.

✅ Murojaat uçun: https://forms.gle/8edCYvP1PbXi7tYa8

❗️Iltimos, boşqa masalalar, muammolar, savollar bilan bezovta qilmang. Iltimosimizni tuşundingiz degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek