Xushnudbek.uz kanalida xayriya reklama aksiyasi boşlandi

Matn28-avgust, 2019, 09:012 daqiqa0 koʻrish

Xushnudbek.uz kanalida reklama bermoqçimisiz?

Endi bunday imkoniyat Sizda bor!

Ehtiyojmand talabalardan birining kontraktini tölang va reklamangizni joylaştiring!

Kanalim öz faoliyatini boşlaganiga 1 yilu 3 oy böldi. Şu davr mobaynida kanalimda biror marta reklama bermadim. Lekin obunaçilar soni oşgani sayin reklama beriş haqidagi tijoriy takliflar ham köpayib bordi va hozir ham yetarliça.

Reklama bermasligimning prinsipial bir qança sabablari bor, ularni birma-bir sanab ötmoqçi emasman. Yaqin örtada reklama beriş niyatim ham yöq.

Ammo ançadan buyon öylab yuraman - hozir menga reklamadan daromad olişga ehtiyoj yöqdir, ammo reklama takliflari bor ekan, nima uçun öşa mablağlarni ehtiyojmandlarga yönaltirmaslik kerak? Bu xuddi böş yotgan 100 gektar yerga öxşaydi. Menga hozir şu yerdan hosil olişga iştiyoq va xohiş yöqdir, ammo yer kerak insonlarga bölib bersam, ularga foyda böladiku.

Şunga köra, bismilloh deb, bugundan kanalda reklama berişga oid ijtimoiy aksiya eʼlon qilişga qaror qildim. Aksiya şartlari juda oddiy:

1) reklama beriş uçun ehtiyojmand talabalardan birining yarim yillik kontrakti tölab berilişi kerak;

2) kontrakt tölanganligi haqida kvitansiya asosida kanalda reklama eʼlon qilinadi.

Aksiya 30-sentabrgaça davom etadi.

Reklama beriş istagida bölganlar quyidagi manzil orqali batafsil maʼlumot olişlari mumkin: @xushnudbekreklama

❗️Şoşiling, ham biznesingizni reklama qiling, ham ilmni qöllab-quvvatlang, ham savobga ega çiqing.

Boşlagan loyihamizni Alloh beriyo dargohida qabul qilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek