Xorijiy masofaviy va 3 yillik sirtqi diplomlar tan olinmaydi
Özbekistonda xorijiy OTM tomonidan berilgan masofadan öqitilgan va 3 yillik sirtqi taʼlim diplomlari tan olinmaydi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ayni paytda Özbekistonda oliy taʼlim, kunduzgi, keçki va sirtqi şaklda olib boriladi. Amaldagi qonunçilikda oliy taʼlim oliş uçun masofaviy taʼlim şakli nazarda tutilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 36-bandida maʼlumot Özbekiston Respublikasi qonunçiligida nazarda tutilmagan taʼlim şaklida olingan bölsa tan olişni rad etişga asos bölişi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan xorijiy OTMlarda masofadan turib öqigani uçun berilgan diplomlar Özbekistonda tan olinmaydi.
Bundan taşqari, bir qator xorijiy OTMlari tomonidan bakalavriat uçun 3 yil yoki undan kam muddatga sirtqi taʼlim şakli böyiça öqişga taklif etilmoqda.
Yurtimizda sirtqi taʼlimda öqiş muddati 5 yil etib belgilangan bölib, xorijiy davlatlarda kasbiy maʼlumot töğrisida hujjat beradigan taʼlimning umumiy meyoriy davri (töliq umumiy örta yoki örta maʼlumot olingandan keyin) Özbekiston taʼlim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bölsa hujjatlarni tan oliş rad etilişi belgilangan.
Şunday qilib, xorijiy OTMlarning bakalavriat yönalişi böyiça sirtqi taʼlim şaklida 3 yil yoki undan kam muddatda öqib olingan diplomlari Özbekistonda tan olinmaydi.
Quyidagi holatlarda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlar maxsus sinovlarsiz tan olinadi:
1. Özbekiston hududida filiallari mavjud OTMlarni tugatganlar;
2. Dunyo universitetlari reytingida TOP-1000talikka kirgan OTMlarni tugatganlar;
3. Mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş uçun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar hisobidan xorijiy OTMlarni tugatganlar;
4. 1992-yil 1-yanvargaça xorijiy OTMlarga öqişga kirganlar;
5. Yevropa sifat kafolati assotsiatsiyasi (ENQA) tomonidan akkreditatsiyalangan OTMlarni tugatganlar;
6. AQŞ, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining vakolatli organlari tomonidan akkreditatsiyalangan OTMlarni tugatganlar;
7. Mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş uçun Özbekiston vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan xorijiy OTMlarni tugatganlar;
8. Özbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlar böyiça xorijiy OTMlarga maqsadli öqişga yuborilganlar.
👉 @xushnudbek 👈

