Xorijda olingan diplomlarni tan oliş tartibi
Xorijda olingan diplomlar Özbekistonda ötadimi?
Xorijda öqiyotgan yoki öqib kelgan yurtdoşlarimizdan «bizning diplomimiz Özbekistonda ötadimi?» degan juda köp savollar kelib tuşadi. Ayniqsa, yaqinda nostrifikatsiyaga oid Prezident qarori qabul qilingandan keyin, bunday savollar yanada köpaydi. «Biz öqigan universitet TOP-1000 ga kirmasa, endi diplomimiz ötmaydimi?» deya söraşmoqda.
Şunga köra, bu böyiça qisqa tuşuntiriş berib ötmoqçiman.
Nostrifikatsiya özi nima?
«Nostrifikatsiya» sözi lotinça «noster» - “bizniki” hamda «facere» - “qilmoq” sözlaridan olingan. Amalda uşbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan oliş, ekvivalentligini qayd etişni bildiradi.
Nostrifikatsiya qanday olinadi?
Bir narsani bilişingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Özbekistonda tan olinişi uçun nostrifikatsiya qilinişi kerak.
Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilişning 2 xil yöli bor: biri maxsus sinovlar asosida, ikkinçisi töğridan-töğri (maxsus sinovlarsiz).
Qaysi diplomlar maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi
Quyidagilar:
1) Xalqaro şartnomalar, Prezident va Hukumat hujjatlari asosida xorijiy davlatlarda taʼlim olgan;
2) Prezident va Hukumat hujjatlari bilan Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning OTMlarida taʼlim olgan;
3) xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq vazirliklarning yöllanmalari asosida taʼlim olgan;
4) xalqaro reytinglarda TOP-1000 talik kirgan OTMlarning diplomlari.
TOP-1000 OTMlar röyxati haqida mana bu yerda yozganman.
Agar Siz öqigan OTM yuqoridagi 4 ta röyxatga tuşmasa, demak, diplomingiz maxsus sinovdan keyingina Özbekistonda tan olinadi.
Nostrifikatsiya uçun qanday hujjatlar zarur?
- diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan söng egasiga qaytariladi);
- diplom va ilovani aslini davlat (özbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);
- pasport va nusxasi;
- davlat boji tölanganligi haqidagi kvitansiya (EKIH 2 barobari – hozir 405460 söm).
Hujjatlarni topşiriş onlayn tizimida amalga oşiriladi.
❗️ESLATMA: Bir narsani yaxşilab anglaşingiz kerakki, xorijda olingan barça diplomlar ham avtomatik nostrifikatsiya qilinmaydi. Buning öziga yaraşa tartibi va imtihoni bor.
Xususan, quyidagi hollarda nostrifikatsiya böyiça salbiy xulosa (rad etiş) qabul qilinadi:
- xorijiy davlatlarda professional maʼlumot töğrisida hujjat beradigan taʼlimning umumiy meyoriy davri (töliq örta maʼlumot olingandan keyin) Özbekiston Respublikasi taʼlim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yildan kam bölsa (masalan, uç yillik oliy taʼlim);
- taʼlim töğrisidagi hujjat berilgan mamlakatda uning egasiga Özbekistondagiga qaraganda kam akademik va (yoki) professional huquqlar berilgan bölsa (masalan, hujjat egasi oliy öquv yurtlariga, magistratura yoki doktoranturaga kiriş, professional faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega emasligi);
- maʼlumot Özbekiston qonunçiligida közda tutilmagan taʼlim şaklida olingan bölsa;
- muayyan (ijtimoiy soha, pedagogika, tarix va huquq) taʼlim yönalişlarining xususiyatidan kelib çiqib, özlaştirilgan öquv fanlari hajmi va dars soatlari miqdori Özbekistonning davlat taʼlim standartlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy öquv rejaning 55 foizidan kam qismini taşkil qilsa.
Qöşimça va batafsil maʼlumotlar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi:
Rasmiy sayt: www.tdi.uz
Tel: (+99871) 231-07-53 (+99871) 277-11-79 (içki tel 1021;1022)
Elektron manzil: nostr@tdi.uz
Qabul kunlari: Seşanba, Payşanba 10-00 dan 17-00 gaça
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
