Xorijiy OTMni tanlaşda nimalarga eʼtibor beriş kerak
❓Xorijiy oliy taʼlim muassasasini tanlaganda nimalarga eʼtibor qaratişim lozim?
Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Şavkat Xöjaqulov bu haqida öz tavsiyalarini berib ötdi:
Hozirgi paytda ayrim jismoniy şaxslar hamda konsalting xizmatlarini körsatuvçi firmalar yoşlarimiz orasida xorijiy oliy taʼlim taşkilotlariga hujjat topşiriş böyiça tarğibot-taşviqot işlarini olib borişmoqda.
Sizga taklif etilayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkiloti diplomining Özbekistonda tan olinişini uçun quyidagilarga eʼtibor qarating:
👉 avvalo, taşkilotning OTM sifatida faoliyat yuritişiga ruxsat beruvçi hujjati, yaʼni litsenziyasi mavjudligiga işonç hosil qiling;
👉 keyingi eng muhim talab taʼlim muassasasi tomonidan beriladigan diplom özi joylaşgan mamlakat hududida tan olinişi bilan boğliq. Buning uçun esa oliy taʼlim muassasasi va uning taʼlim dasturlari vakolatli organlar tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan bölişi kerak;
👉 bundan taşqari, talabgor tanlagan oliy taʼlim muassasasining öqitiş şakli va taʼlim dasturlari Özbekiston qonunçiligiga mos kelişini örganişi kerak. Amaldagi «Taʼlim töğrisida»gi qonunga köra, Özbekiston hududida rasman tan olinadigan bakalavriat bosqiçi kamida 4 yil, sirtqi taʼlim kamida 5 yil, magistratura esa kamida 2 yil muddat qilib belgilangan;
👉 şuningdek, pandemiya vaqtida joriy etilgan karantin rejimi sababli yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlari masofaviy şaklga ötkazilgan. Uşbu vaziyatdan öz manfaati yölida foydalanayotgan baʼzi konsalting taşkilotlari öz reklamalarida masofadan taʼlim beruvçi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini «diplomi Özbekistonda töğridan-töğri tan olinadi» kabi asoslanmagan maʼlumotlar bilan tarğib qilişmoqda.
❗️Tarqatilgan bu kabi notöğri maʼlumotlar esa xorijiy diplomning mamlakatimizda tan olinmasligi oqibatida fuqarolarimizning kelajakda turli sarsongarçiliklarga duç kelişlariga sabab böladi. Mazkur masala böyiça abituriyentlar yoki ularning ota-onalari özlarini qiziqtirgan savollar bilan Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining telegram boti (@Uztdibot)ga yoki (71) 231-07-53 raqamiga murojaat qilib, mutaxassislardan javob olişlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

