Yodju texnika instituti töğrisida Hukumat qarori qabul qilindi
Yodju texnika instituti töğrisida Hukumat qarori qabul qilindi
Ança avval Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti nima uçundir vazirlik eʼlon qilgan röyxatda yöqligi, lekin rasman litsenziyasi borligi haqida yozgandim.
https://t.me/xushnudbek/1795
Vazirlik uşbu röyxatni tayyorlayotganda litsenziyasi bor OTMlarni emas, balki faqat Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarori çiqqan OTMlarni röyxatga kiritgan bölsa kerak, degandim, çunki öşanda Yodju texnika instituti töğrisida Hukumat qarori mavjud emasdi.
Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasining xabar berişiça, vanihoyat joriy yilning 17-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini taşkil etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinibdi.
Qarorda quyidagilar belgilab qöyildi:
• Institut masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
• Institut rektori muassislar tomonidan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelişilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
• Institutning tuzilmasi muassislar tomonidan tasdiqlanadi;
• Institut taʼlim faoliyatini Yodju texnologiya institutining (Koreya Respublikasi) öquv rejalari va dasturlari asosida özbek, rus va ingliz tillarida amalga oşiradi;
• Institut bitiruvçilariga Özbekistonda oliy maʼlumot töğrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
• Institutga talabalar qabuli umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega abituriyentlar örtasida kiriş imtihonlarini Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) tomonidan (yoki iştirokida) ötkaziş orqali amalga oşiriladi;
• Institutda öqiş tölov-kontrakt asosida, kunduzgi, sirtqi va keçki şaklda amalga oşiriladi, talabalar öqişi uçun tölov-kontrakt miqdori muassislar tomonidan belgilanadi.
Bundan taşqari qaror bilan muassisning har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Institut granti asosida) 10 nafardan kam bölmagan abituriyentlarni öqişga qabul qiliş majburiyatlarini öz zimmasiga olişi töğridagi taklifi maʼqullangan.
Institutga Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) bilan kelişgan holda, mehnat bozori talablari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş istiqbollaridan kelib çiqib, kelgusida yangi bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarini oçiş huquqi berildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

