Yodju instituti nima uçun vazirlik röyxatida yöq
Yodju instituti nima uçun vazirlik röyxatida yöq?
#muştariydan_savol
Keça bir muştariydan quyidagiça murojaat kelib tuşdi (imlo asliça qoldirildi):
«Assalomu Aleykum! Man Toşkent şaxridagi Yodju texnika instituti talabasiman. Yakinda Oliy va Urta taʼlim vazirligining telegram kanalida "Yurtimizdagi maxalliy va Xorijiy oliy ukuv yurtlari tolik ruyxati" deb atalgan PDF formatida ruyxat joylaştirildi. U yerda bizning Institutimiz negadir yuk? Xattoki xali oçilmagan Adju (Koreya) va Amiti (Indiya) institutlari bor lekin bizniki yuk?! Bu masalada kayerga murojaat kilişni bilmayapmiz? Oliy va Urta taʼlim vazirligini telefon rakamiga tuşib bulmaydi?? Biz bekorga Kontrakt tulab ukib yurmayapmizmikin?»
JAVOB: Xavotirlanmasangiz ham böladi, Siz tahsil olayotgan Toşkent şahridagi Yodju texnika institutiga Hukumat tomonidan maxsus litsenziya berilgan va unda tahsil olgan talabalarning diplomi bilan muammo bölmaydi.
Bunga bir qança asoslarni keltirişim mumkin.
Masalan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining rasmiy saytida 25.09.2018-yilda bir xabar eʼlon qilingan, unda yurtimizda rasman faoliyat olib borayotgan xorijiy OTMlar röyxati sanab ötilgan. Öşa röyxatda Yodju ham bor.
Bundan taşqari Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy saytida OTMlar röyxati sahifasi bor. Öşa yerda ham Yodju röyxatga kiritilgan (pastdagi rasmga qarang). Lekin nima uçundir vazirlik saytidagi institut sahifasiga kirib bölmayapti, xatolik beryapti.
Endi Siz taʼkidlagan röyxatga kelsak, aynan nima uçun öşa PDF röyxatga Yodju kirmay qolganidan xabarim yöq. Lekin 2 ta taxminim bor:
1) röyxatda xususiy OTMlar nomi keltirilmagan bölişi mumkin (lekin biror joyda davlat OTMlari deyilmagan ekan);
2) vazirlik uşbu röyxatni tayyorlayotganda litsenziyasi bor OTMlarni emas, balki faqat Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarori çiqqan OTMlarni röyxatga kiritgan bölsa kerak. Maʼlumot uçun aytiş kerakki, Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti töğrisida Hukumat qarori mavjud emas, lekin Özbekistonda faoliyat olib boriş böyiça maxsus litsenziyasi bor.
Yana ham qolganiga vazirlikning özi batafsil izoh berar, kim bilsin. Aytmoqçimanki, Yodju talabalari sira xavotirlanmasdan öqişni davom ettirişlari mumkin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

