Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Talabalar kontraktini tölaş böyiça aksiya natijalari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Aksiya natijalari haqida

Xabaringiz bölsa kerak, kanalimiz orqali 30-sentabrgaça davom etadigan talabalar uçun maxsus aksiya taşkil qilgan edik. Unga köra, tadbirkorlarimiz ilk marotaba @xushnudbek kanalida reklama joylaştiriş imkoniga ega bölişdi. Reklama evaziga esa, ehtiyojmand talabalardan birining kontraktini tölab berişi talab etildi.

Tadbirkorlar uçun talabalar röyxati biz tomondan taqdim etildi, buning uçun maxsus anketa orqali muştariylardan sörovlar qabul qilindi. Örtada şubha paydo bölmasligi uçun tadbirkorlarni bevosita talabalarning özi bilan boğlab berişga harakat qildik.

Köpçilik kanalda reklama körişga örganmagan edi, şu sababli ayrim eʼtirozlar ham böldi. Ammo umid qilamanki, reklamalardan muştariylarga katta ziyon yetmadi.

Şaffoflikni taʼminlaş maqsadida aksiya natijalari haqida ayrim maʼlumotlarni berib ötmoqçimiz.

Aksiya doirasida bugungi kungaça 60 nafar (47 nafar çin yetim, 13 nafar otasi vafot etgan) talabalarning tölov-şartnoma puli tölab berildi.

Hozirda yana 4 nafar talabaning kontraktini tölaş jarayonlari ketmoqda.

Tölangan 60 nafar talabaning 59 nafari kunduzgi, 1 nafari sirtqi taʼlimda öqiydi.

Kunduzgi taʼlimda 49 nafar talabaga 1 yillik, 10 nafar talabaga yarim yillik kontrakt tölandi (barçasi stipendiyali körinişda). 1 nafar sirtqi taʼlim uçun yarim yillik tölab berildi.

Kurslar kesimida:

1-kurs: 22 nafar
2-kurs: 11 nafar
3-kurs: 18 nafar
4-kurs: 7 nafar
5-kurs: 2 nafar

Hududlar kesimida:

Farğona 10
Samarqand 8
Buxoro 5
Qoraqalpoğiston 5
Toşkent viloyati 5
Jizzax 4
Qaşqadaryo 4
Xorazm 4
Andijon 3
Navoiy 3
Namangan 3
Sirdaryo 2
Surxondaryo 2
Toşkent şahri 2

Umid qilamizki, uşbu talabalar kelgusida öz kasbining mohir egalari bölib yetişadi va jamiyatimiz rivojiga katta foydasi tegadi!

Izoh: Köpçilik «axir kanalda bunça köp reklama çiqmadi-ku» deya hayron bölişi mumkin. Ha, şunday, çiqqan reklamalar soni ança kam, tölanganlar köp. Bunga bir qança sabablar bor.

Avvalo ayrimlar reklamani rad etişib, şunçaki ehson qilişdi. Masalan, röyxatdagilarning 80%iga bitta kompaniya tölab berdi va nomi sir qolişini istadi. Şuningdek, ayrim reklamalar hali çiqmadi, navbati bilan eʼlon qilinadi. Bor gap şu.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek