Tadbirkorlar uçun xayriya va reklama aksiyasi davom etmoqda
Tadbirkorlarni faollikka çaqirib qolamiz
Xabaringiz bölsa kerak, yaqinda bir ijtimoiy aksiya eʼlon qilgandik.
Unga köra, ehtiyojmand talabalardan birining tölov-kontrakt pulini tölab beriş evaziga Xushnudbek.uz kanalida reklama beriş huquqini qölga kiritiş mumkinligini maʼlum qilgan edik.
Bugungi kungaça kontraktni tölab berişni sörab juda köp sörovlar kelib tuşdi. Aniq raqamlarni aytmoqçi emasman, lekin ular soni şunçalar köpki, har kuni 1 tadan reklama qöyilganda ham bir neça yil ketişini aytiş kifoya qilsa kerak. Albatta, barça sörovlarni ijobiy hal qiliş imkoniyati yöq. Birinçi galda faqat çin yetim talabalarning maʼlum bir qismini qanoatlantira olsak ham katta gap.
Hozirça reklama beruvçilar orqali 8 nafar talabaning tölov-kontraktini tölaş masalasida kelişuvga erişildi. Öquv yili endi boşlanganligi uçun ayrim talabalar böyiça taşkiliy masalalarni hal qiliş qoldi xolos.
8 nafar talabaning kontrakt pullarini tölaş uçun 47 mln söm pullar yönaltiriladi.
Ammo bu hali hammasi emas, raqamlarni yanada köpaytirişimiz mumkin.
Sahovatpeşa tadbirkorlarga murojaat qilib aytmoqçi edimki, ham reklama beriş, ham ilmni qöllab-quvvatlaş, ham savob işlab oliş imkoniyatini qöldan boy bermang.
Aksiya 30-sentabrga qadar davom etadi.
Reklama beriş şartlari bilan quyidagi manzil orqali batafsil maʼlumot olişingiz mumkin: @xushnudbekreklama
P.S.: ehtiyojmand talabalar böyiça sörovlarni qabul qilişni töxtatdik.
👉 @xushnudbek 👈


